Nukus davlat pedagogika institutining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining nizomi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash hamda prorektorlar kengashlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida:

– Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim fakultetlari negizida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti;

– Pedagogika va Jismoniy madaniyat fakultetlari negizida Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;

– Turkiy tillar va Chet tillari fakultetlari negizida Filologiya fakulteti tashkil etildi.

Shuningdek, Tarix fakulteti tarkibidagi geografiya o‘qitish metodikasi kafedrasi Tabiiy fanlar fakulteti tarkibiga o‘tkazildi.

Fizika-matematika fakulteti Aniq fanlar fakulteti bo‘lib, Ellikqal’a pedagogika fakulteti Ellikqal’a fakulteti etib o‘zgartirildi.

Shunday qilib, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti fakultetlari va kafedralarida quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi:

1) Aniq fanlar fakulteti:

– Fizika kafedrasi;

– Matematika kafedrasi;

– Raqamli texnologiyalar, informatika va robototexnika kafedrasi;

– Texnologik ta’lim kafedrasi.

2) Tabiiy fanlar fakulteti:

– Kimyo kafedrasi;

– Biologiya kafedrasi;

– Geografiya kafedrasi.

3) Tarix fakulteti:

– Tarix kafedrasi;

– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi.

4) Filologiya fakulteti:

– Qoraqalpoq tili kafedrasi;

– Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi;

– O‘zbek tili kafedrasi;

– O‘zbek adabiyoti kafedrasi;

– Qozoq, turkman tili va adabiyoti kafedrasi;

– Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi;

– Rus tili va adabiyoti kafedrasi.

5) Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti:

– Umumiy pedagogika kafedrasi;

– Musiqa ta’limi kafedrasi;

– Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi;

– Umumiy psixologiya kafedrasi;

– Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi.

6) Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti:

– Maktabgacha ta’lim kafedrasi;

– Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi;

– Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi.

7) Ellikqal’a fakulteti:

– Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi;

– Umumta’lim fanlari va masofaviy ta’lim kafedrasi.

NukusDPI matbuot xizmati.