Uchrashuv dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Tashanov, korrupsiyaga qarshi kurash “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov, fakultet dekanati vakillari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash, jamiyatda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash masalalari haqida so‘z yuritilib, mutaxassislar korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda yoshlarning faolligi va fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Talabalarga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilik, bu borada olib borilayotgan islohotlar va har bir fuqaroning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.