“Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining institut bosqiçi ötkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida iqtidorli talaba-yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş, istiqbolli ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş hamda startap taşabbuslarini moliyaviy rağbatlantiriş maqsadida “Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining birinçi – institut bosqiçi bölib ötdi.

Tanlovda institutning bakalavriat ta’lim yönalişlari hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talaba-yoşlar özlarining innovatsion işlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan iştirok etdi.

Iştirokçilar öz loyihalarini 10 ta ustuvor yönaliş böyiça taqdim etdi.

Tanlov davomida iştirokçilarning innovatsion yondaşuvi, ğoyalarning yangiligi, amaliy ahamiyati, istiqboli hamda ularni kelgusida startap loyihalar sifatida amalga oşiriş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib ötamiz, tanlovning institut bosqiçi ğoliblarini munosib rağbatlantiriş maqsadida quyidagi miqdorda grant mablağlari ajratilişi belgilangan:

1-örin – 50 million söm;

2-örin – 30 million söm;

3-örin – 20 million söm.

Mazkur tanlov yoşlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni yangiça fikrlaş, zamonaviy texnologiyalar asosida innovatsion yeçimlar işlab çiqiş hamda öz ğoyalarini hayotga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.