ДИДАКТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТА ВУЗА
OZBEKSTAN RESPUBLIKASI JOQARI BILIMLENDIRIW, PAN HAM
INNOVACIYALAR MINISTRLIGI
AJINIYAZ ATINDAGI NOKIS MAMLEKETLIK PEDAGOGIKALIQ
INSTITUTI
GUMANITAR HAM JAMIYETLIK PANLERDI ARALIQTAN OQITIW
KAFEDRASI
«UZLIKSIZ BILIMLENDIRIW SISTEMASINDA
ARALIQTAN OQITIWDIN INTEGRACIYASI»
ATAMASINDA OTKERILETUGIN III XALIQ ARALIQ
ILIMIY- TEORIYALIQ KONFERENCIYA
MATERIALLAR TOPLAMI
«INTEGRATION OF DISTANCE LEARNING
IN THE SYSTEM OF CONTINUING EDUCATION»
III INTERNATIONAL SCIENTIFIC-THEORETICAL
CONFERENCE
OLIY TAʼLIM MUASSASASI TALABASINING KOMMUNIKATIV KOМPЕTENSIYASINI
SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI
B Abdiev B.T. – tayanch doktorant, NDPI, Nukus, Oʻzbekiston toomi
Mamlakatimizda so’nggi yillarda sifatli ta’lim berishda innovatsion, raqamli texnologiyalarga
asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonlarini takomillashtirish, jahon andozalari darajasidagi ijtimoiy faol va
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyatlarida
kommunikativ kompetensiyalarini tatbiq qilishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. Jahon hamjamiyatida
bugungi ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari hamda integrativ jarayonlar har tomonlama
rivojlangan, fundamental ilmiy tayyorgarlikka yuqori darajadagi madaniyat, mahorat va komponentlikka
ega ijtimoiy faol pedagog kadrlarga talab tobora kuchayib bormoqda. Pedagogik komponentlik va
didaktika sohasida dunyo olimlari kommunikativ kompetensiya, til materiali (fonetika, leksika,
grammatika), kommunikativ faoliyat tadqiqiga doir bir qator ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Ilg’or
davlatlarning nufuzli Kemdridj, Oksford, Aston va York, Parij-Syud, Sorbon, Toronto, Jazoir, Marokash
hamda Rossiya universitetlarida ta’limning didaktik mazmuni, talablari va vositalari asosida ilmiytadqiqot ishlari olib borilayotganligini alohida ta’kidlash lozim. Pedagogik komponentlikning fan
sifatida ta’lim jarayoniga kirib kelishi, eng avvalo, davlat va jamiyatimizning rivojlangan davlatlar qatori
taraqqiy etishida, ta’lim sifatini oshirishga boʻlgan ijtimoiy buyurtmaning vujudga kelishi hamda pedagog
kadrlar tayyorlash tizimiga ijobiy oʻzgarish va yangilanishlar olib kelish, ularning kasbiy komponentligini
oshirishga doir yondashuvning joriy etilishi bilan bogʻliqdir. Shu kabi ilmiy izlanishlarning olib
borilayotganligi talabalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi.
Kommunikativ kompetensiya — bu atrofdagi odamlar bilan oʻzaro munosabat, guruhda ishlash
qobiliyati va turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishish hisoblanadi. Kommunikativ kompetensiya
kommunikativ xatti-harakatlarning asosiy shakllarini oʻzlashtirishni ta’minlaydi[1]. Bu kompetensiyaga
pedagoglarning pedagogik vazifalarini kommunikativ vazifalarga aylantirish qobiliyati, aloqa qonunlari
va mexanizmlarini oʻzlashtirish, pedagogik aloqada oʻzaro ta’sir va oʻzini oʻzi boshqarishning alohida
xususiyatlarini egallash qobiliyatlari qamrab olinadi. Ya’ni kompetensiya til bilish, insonlar bilan oʻzaro
munosabat usullarini egallash, guruhda ishlash koʻnlikmlari va pedagogik faoliyatda uchraydigan
nizolarni boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlish bilan bogʻliqdir[2]. Psixolog olim B.D Elkonin
kompetentlikni mutaxassisning, kasbiga mos boʻlishi, malakasi, boy tajribaga ega boʻlishi, javobgarlikni
pedagogik faoliyatga singdirib borish, oʻz sohasining ustasi boʻlish va uning sirlarini chuqur bilishi bilan
bogʻliq ekanligi haqidagi fikrlarni bayon etgan [4].