Talaba-yoshlarga yangi kitob taqdim etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakultetida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida “Avangard-baspa” matbaa korxonasi tomonidan chop etilgan “Boy ota, kambag‘al ota” kitobining taqdimot kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda fakultet talaba-yoshlari, tyutorlar, professor-o‘qituvchilar hamda kitobni qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan taniqli jurnalist, olim Yesimqan Qanaatov ishtirok etdi.
Kechada tarjimon tomonidan dunyoga mashhur yozuvchi, tadbirkor va investor Robert Kiyosaki qalamiga mansub ushbu bestseller kitobni qoraqalpoq tiliga tarjima qilish jarayoni, kitobning mazmuni va yoshlarning shaxsiy rivojlanishida tutgan o‘rni haqida keng ma’lumot berildi.
Yoshlar kitob haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
