Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida bayram tadbiri tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talabalar hamda faxriy ustozlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning yuksak mehnati, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi. Institut rektorati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda fakultet rahbariyati tomonidan bir qator o‘qituvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va she’rlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbir samimiy muloqot, ezgu tilak va so‘zlar bilan yakunlandi.
Ushbu bayram nafaqat ustozlarga hurmat bajo keltirish, balki ta’lim jarayonida fidoyilik va mehr-muhabbatning naqadar muhimligini yodga soluvchi esda qolarli tadbirlardan biri bo‘ldi.
