Talaba-yoshlar va dekan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani Muhabbat Allambergenova Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda, shu jumladan, institutda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’limdagi islohotlar va talabalarning faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Mazkur uchrashuv yoshlar va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar siyosatiga oid tushunchalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
