Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Nukusda sayyor qabul oʻtkazadi

Fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, taʼlim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning sayyor qabuli boʻlib oʻtadi.
Ushbu qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va ota-onalar sohaga doir oʻz muammo hamda takliflari bilan murojaat qilishlari va ularga javob olishlari mumkin.
Sana: 3-aprel.
Vaqti: 10:30.
Moʻljal: Nukus davlat texnika universiteti majlislar zali.
Manzil: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri, A. Shamuratov koʻchasi, 46-uy.