Dolzarb masalaga bağişlangan matbuot anjumani taşkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida töy va oilaviy marosimlarni ixçam ötkaziş masalalariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbir Özbekiston mahallalari uyuşmasi vakillari, “Mahalla Media” MÇJ va uyuşmaning hududiy boşqarmasi hamkorligida taşkil etildi.

Konferensiyani Özbekiston mahallalari uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boşliği Sağindiq Turmanov olib bordi.

Tadbirda töylarni milliy urf-odatlarimizga mos ravişda, ortiqça dabdaba va sarf-xarajatlarsiz ötkaziş, oilalarni qarzga botişdan asraş va yoşlarda tejamkorlik madaniyatini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, töyning fayzi dabdaba bilan emas, mehr-oqibat, samimiy tilaklar va yaqinlarning duosi bilan ölçanadi. Bir kunlik tantana deb, yillar davomida qarz tölaşga majbur böliş heç bir oilaga quvonç olib kelmaydi.

Matbuot anjumanida mahalla faollari, ota-onalar va keng jamoatçilik örtasida tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş, yoşlarni töylarni öz imkoniyatiga qarab, ortiqça sarf-xarajatlarsiz ötkazişga undaş muhimligi ta’kidlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.