Adabiyotshunos professorlar talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti adabiyot nazariyasi bo‘limi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor B.To‘xliyev hamda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori N.Rahmonovlar Turkiy tillar fakulteti talaba va magistrantlari bilan uchrashdi.

Professor N.Rahmonov o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalariga “O‘zbek adabiyoti”, “Matnni sharhlab o‘qish”, “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” fanlaridan, professor B.To‘xliyev o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-kurs magistrantlariga “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qildilar.

Shuningdek, Turkiy tillar fakultetida talabalar ishtirokida  uchrashuvlar tashkil qilindi. Unda talabalar kurs ishi va bitiruv ishi mavzulari, ularni yoritish va tahlil usullari haqida professor-ustozlardan maslahatlar olishdi.