Talabalar turar joylari

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHAO`VCHI TALABALAR O`RTASIDA TARBIYAVIY ISHLARNI OLIB BORISH VA ULARNING YASHASH SHAROITLARINI YAXSHILASH ISHLARI BO`YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA MA`LUMOT

Hozirgi vaqtda institutda bir talabalar turar joyi mavjud, u 275 o`ringa mo`ljallangan va talabalar turar joyida 215 talaba-qizlar yashamoqda. SHundan, Filologiya fakul`tetidan 42 nafar, Qoraqalpoq tili va adabiyoti faku`tetidan 46 nafar, Tabiatshunoslik faku`tetidan 78 nafar, Tarix fakultetidan 26 nafar, Jismoniy tarbiya faku`tetidan 14 nafar, Boshlang`ish tәlim faku`tetidan 3 nafar, CHet tillari faku`tetidan 1 nafar va magistratura bo`limidan 3 nafar talaba-qizlar yashamoqda. Talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar, mәnaviy-mәrifiy va tarbiyaviy ishlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus tәlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida Mәnaviy-axloqiy tarbiya bo`limi, faku`tetlar, Axborot resurs markazi va institut jamoat tashkilotlari bo`lgan Xotin-qizlar kengashi, Kasaba uyushmasi, «Kamolot» YOIH boshlang`ish tashkiloti, shuningdek, «Sport futbol klubi, «Ibn-Sino» salomatlik markazi, «Ustoz shogirt» kengashi tomonidan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, talabalar turar joyida O`zbekistan Respublikasi Oliy va o`rta maxsus tәlim vazirligining 2006 yil 17 yanvardagi «Talaba(o`quvchi)lar turar joyi faoliyatiga bag`ishlangan yangi nashrdagi normativlik hujjatlarni tasdiqlash haqida»gi 11-sonli buyrig`i asosida institut professor-o`qituvchilarining navbatchiligi, pasport ruyxati va kirish-chiqish tartibining o`zluksiz ravishda amalga oshirilishi tәminlanmoqda. Talabalarning talabalar turar joyiga kirib-chiqishlari uchun propuskalar bilan to`liq tәminlangan. Talabalar turar joyida professor-o`qituvchilar tomonidan kechki soat1800-2200gacha navbatchiliklar tashkillashtirilgan. O`zlarining navbatchiliklari vaqtida professor-o`qituvchilar har xil tarbiyaviy mavzularda Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan suhbatlar o`tkazilib borilib, ular o`z vaqtida hujjatlashtirilib borilmoqda. SHuningdek, milliy va hokoza bayramlar vaqtida Talabalar turar joyida uzluksiz navbatchilik tashkil etilib kelinmoqda. Bundan tashqari, Talabalar turar joyi va institut atrofida tartib-intizomni tәminlash maqsadida harbiy tavsiyanomalar asosida o`qishga kirgan talabalardan tuzilgan pasbonlar guruhi әzolaridan ham navbatchiliklar tashkillashtirilib borildi. Talabalar turar joyida Filologiya, Qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda Tabiatshunoslik faku`tetlarining kafedralari kunlari o`tkazilib kelinmoqda. Kafedra kunlarida professor-o`qituvchilar talabalar bilan adabiy kechalar, shoir-yozuvchilarning adabiy ijodiga bag`ishlangan suhbatlar va hozirgi kunning global maommalari haqida o`zaro fikr olishuvlar o`tkazilib, talabalarning bir qancha mәlumotlarga ega bo`lishiga erishdi, shuningdek, talabalarning bo`sh vaqtlarining mazmunli o`tishi tәminlandi. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus tәlim vazirligining 2011 yil 4 martdagi «Talabalar turar joyi holatini o`rganish haqida»gi 87-sonli buyrug`i asosida institutning 2010-2011 o`quv yili davomida amalga oshiriladigan mәnaviy-mәrifiy ishlar rejasiga muvofiq va institut rektorining 2011 yil 25 mart kuni 109 D/1 sonli buyrug`i chiqdi. Ushbu buyruqga asoslanib Talabalar turar joyida «Eng yaxshi qavat»va «Eng yaxshi xona»ko`rik-tanlovi o`tkazildi. 1.Ko`rik-tanlovning yakuni bo`yicha talabalar turar joyining 4-qavati « E ng yaxshi qavat» deb topildi va Kasaba uyushmasi tomonidan bir dona televizor bilan tag`dirlandi. Tanlovda «Eng yaxshi xona»nominatsiyasi bo`yicha: -birinchi o`rin 4-qavatdan 406-xona. YAshovchilari (Tabiatshunoslik faku`tetining 3-kurs talabalari Ko`makboeva Gulnoz, Qurbonboeva Marjon, Qarliboeva Mayra) egalladi. -ikkinchi o`rin 3-qavatdan314-xona. YAshovchilari (Qoraqalpoq tili va adabiyoti faku`teti 2-kurs talabalari Tajeddinova Paro`az, Tajeddinova Rabiybi, Turg`anboeva Gulparshin) egalladi. -uchinchi o`rin 2-qavatdan 220-xona yashovchilari (Filologiya faku`tetining 3-kurs talabalari Kazakova Anora, Avezova Dilafruz, Qurbanboeva Fazilat) va 3-qavatdan 319-xona. YAshovchilari (Tarix faku`tetining 2-kurs talabalari Qadirova Gulnoz, Qadirova SHaxodat) g`olib deb topildi. G`oliblarga Kasaba uyushmasi tomonidan qimmat baholi sovg`alar bilan tag`dirlandi. 2011 yil 4 mart kuni Talabalar turar joyi qizlari o`rtasida «Balli qizlar» ko`rik-tanlovi o`tkazilib, tanlov yakunida Tabiatshunoslikfaku`teti birinchi, Filologiya faku`teti ikkinchi va Qoraqalpoq tili va adabiyoti faku`teti uchinchi o`rinni egalladi. SHuningdek, 2011 yil 13 apre` kuni Talabalar turar joyi qizlari bilan «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi professor-o`qituvchilari vamagistrantlar tomonidan «Ekologiya va inson» mavzusida talaba-yoshlar bilan seminar-trening o`tkazildi. Seminar yakunida talabalarga S Ddisk namoyish etildi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun institut tomonidan etarli darajada imkoniyat va qo`layliklar yaratilgan. Masalan, institut axborot resurs markazining talabalar turar joyidagi filialiga jami 3 xona ajratilib, u joyga 7 komp`yuter qo`yilgan. Komp`yuterlarga mәruza matnlari va hokoza mәlumotlar kiritilgan bo`lib, talabalar darsga tayyorlanish borasida ulardan keng miqyosda qo`llanmoqda. Talabalar turar joyidagi axborot resurs markazi filialiga gazeta-jurnallar o`z vaqtida etkazilib borilmoqda. SHuning bilan birga yangi kitoblarning taqdimoti, kitob o`quvchilarining konferentsiyasi tashkillashtirilib boriladi. Axborot resurs markazi filialining ish vaqti kechki soat 1800– 2200gacha. Talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarizini targ`ib etish maqsadida tuzilgan «Ыbn Sino» salomatlik markazi talabalar turar joyida o`rnalashgan bo`lib, u erda sog`liq, OITS va narkomaniyaga qarshi kurash, reproduktiv salomatlik, o`tkir respirator virusli infektsiyalar va tumovning oldini olish, nikohdan oldin tibbiy ko`rikdan o`tishning ahamiyati, yoshlar arosida erta va qorindoshlar arosida nikohdan o`tishning oldini olish, xotin-qizlar salomatligi haqida mәlumotlar berib boriladi. «Ыbn Sino» salomatlik markazi tomonidan o`quv yili davomida talabalar turar joyi talabalari bilan 12 marta suhbat va uchrashuvlar tashkil etildi. Talabalar turar joyida «Ota-onalar xonasi» tashkillashtirildi. U erda o`z farzandini ko`rishga kelgan har bir ota-onaning dam olishlari uchun etarli darajada imkoniyatlar yaratilgan. SHuningdek, ota-onalar xonasiga 1 televizor qo`yilgan. Talabalar turar joyida «CHevar qo`llar», «Uy bekasi», «Ыntellektual ring» kabi to`garaklar faoliyat ko`rsatmoqda. U erda talaba qizlar tikish-bichishni, ovqat va har hil salat, tortlarni pishirishni o`rganadi. «Ыntellektual ring» to`garagida esa talabalar o`zlarining bilimini yanada oshirib bormoqda. Bundan tashqari, talabalar turar joyida kichik sport zali mavjud bo`lib, u erda talaba-qizlar tennis bilan mashq qilib, o`zlarining salomatligini mustahkamlashda yugirish uskunalaridan foydalanmoqda. Talabalarni har tomonlama rivojlangan, mәnaviy tarafdan etuk inson etib tarbiyalashda mәnaviyat xonalarining o`rni juda ahamiyatli. Talabalar turar joyidagi mәnaviyat xonasi zamon talabi darajasida jihozlangan. U erda milliy mәnaviyatimizga bog`liq har hil suhbatlar, uchrashuvlar o`tkazilib boriladi. Mәnaviyat xonasi televizor va gazeta-jurnallar bilan to`liq tәminlangan va mәnaviyatimiz masalalariga bog`liqbannerler ishlangan. Talabalar turar joyining har bir qavatida televizor va muzlatgishlar mavjud bo`lib, ulardan talabalar to`liq foydalanmoqda.