AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Marketing

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoringi bolimining maqsad va vazifalari:

Ta’lim tizimini demokratik va bozor islohotlariga muvofiqligini ta’minlash, ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi “Та’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 48-son qaroriga asosan institutda “Маrketing xizmati” bo‘limi tashkil etildi.

Bo‘lim xodimlar soni talabalar kontingentiga bog‘liq holda 5 kishidan iborat bo‘lib, unga rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Xodimlarning shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘lim xodimlarining ish haqi (razryadi) institutning umumiy smetasi doirasida hal qilinadi va bo‘limning ish natijalariga ko‘rа byudjetdan tashqari mablag‘i hisobidan 100% gacha qo‘shimcha haq belgilash huquqiga ega.

Marketing xizmati bo‘limi yuqorida ko‘rsatilgan Vazirlar Mahkamasi qarori institut rektori buyrug‘i va Marketing xizmati bo‘limi nizomi, ish rejalari asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bo‘lim joylardagi Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklarining bo‘limlari bilan yaqindan hamkorlik qilib ta’lim muassasalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash borasida ish olib boradi.

Bo‘limda bitiruvchilar, ularni ishga joylashtirish, kadrlar talab qilinayotgan ta’lim muassasalari haqida ma’lumotlar bazasi to‘plangan.

Bo‘lim davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar, ta’lim muassasalari bilan ikki yoki uch tomonlama shartnomalar tuzish, shu asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirmoqda.

Bo‘lim o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘yib, ularni aniq amalga oshirib kelmoqda.

Bo‘lim 2018 yil 20 noyabrdan boshlab Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi deb ataladi.

Bakalavr ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari xaqida so‘nggi 5–yillik ma’lumot

Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari xaqida so‘nggi 5–yillik ma’lumot

Bolim vazifalari:

 

Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, shuningdek, ta’lim bozori talablariga javob bermaydigan yo‘nalish yoki mutaxassisliklarni to‘xtatish bo‘yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bo‘limlariga taqdim etish.

Mehnat bozori konyukturasini o‘rganish. Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-shartnoma bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to‘lov-shartnoma bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, tanlov, qabul qilingan talabalar soni va bosqichlari, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha (mutaxassisliklar) taqsimlanishi, o‘qitish tillari vа h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.

Bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish vа bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida institutning tegishli bo‘linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘quv-uslubiy bo‘linmalar, fakultetlar, kafedralar h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shaxslar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

Institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiya tarkibini tashkil etish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “2005-2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul tog‘risida”gi PQ-92-sonli qarorida barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat grantlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida 3 yil ishlab berish shartligi aytib o‘tilgan. Mazkur qaror asosida bitiruvchilarni ta’lim muassasalarigа, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va nazorat qilish. Taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlangan) ishlab chiqish vа yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo’yicha bitiruvchilarning shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.

Xalqaro marketing bo‘yicha ishlarni olib borish, hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha xalqaro OTMlar bilan shartnomalar tuzishni yo‘lga qo‘yish. Xorij mamlakatlari bilan hamkorlik qiladigan korxona va tashkilotlarda amaliyot va ko‘chma mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha aloqalar o‘rnatish.

To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar soni bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja аsosidа, kadrlar bo‘limi bilan birgalikda).

Bo‘lim maqsadi:

 

– ta’lim xizmatlari bozorida institut faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish;

-ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olish;

-Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiyachilarga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga, ayniqsa, aniq fanlar va chet tillari bo‘yicha o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, tuman va qishloq joylaridagi ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos ravishda oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida Nukus davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Respublika xalq ta’limi va maktabgacha ta’limi vazirliklari, viloyat boshqarmalarining pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olib keyingi o‘quv yillari mobaynida bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining ehtiyoji va takliflarni o‘rganib chiqish va ma’lumotlar shakllantirish;

-Iqtisodiyot vazirligining xatiga muvofiq tashkilotlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, Nukus davlat pedagogika institutida 2018/2024 o‘quv yillari mobaynida bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Iqtisodiyot vazirligiga ehtiyoj xatlarini taqdim qilishdan iborat.

 

To‘lovning maqsadi.

 

Nukus davlat pedagogika institutda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarni shartnoma shartida belgilangan majburiyatlarni to‘liq ta’minlash, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 fevralda 2431-(1,2)-son bilan ro‘yxatga olingan “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan shartlarga mos holda to‘lovni amalga oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut tomonidan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalar o‘rtasida tushuntirish ishlari, jumladan, kelib tushgan to‘lov-kontrakt mablag‘lari talabalarning o‘qish xarajatlari, jumladan, ularning stipendiya summalari va proffesor-o‘qituvchilar oylik maoshlari, institut moddiy-texnik bazasini tutib turish harajatlari, kommunal xizmatlar, elektroenergiya va boshqa to‘lov haqlari uchun sarflanayotganligi borasida keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshrib kelinmoqda.

 

Bolim boshligi:

 

  1. Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassislarni ochish, shuningdek ta’lim bozori talablariga javob bermaydiganlarni to‘xtatish bo‘yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bo‘limlariga taqdim etish.
  2. Talabalar qabuli ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.
  3. Institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real  ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki,aniqlashgan) ishlab chiqish vа yakuniy taqsimotni o‘tkazib, uning natijalari bo‘yicha bitiruvchilarning shahsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.
  4. Yangi o‘quv yili qabul rejasining bajaralishi (davlat grantlari va to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslari, ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha (mutaxassisliklar) bo‘yicha taqsimlanishi, o‘qitish tillari vа k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.
  5. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish vа bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida Institutning tegishli bo‘linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, o‘quv-uslubiy bo’linmalar, fakultetlar, kafedralar h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

 

Yosh kadrlar bilan ishlash muhandisi vazifalari

 

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006 o‘quv-yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi 2005 yil 2 iyun PQ-92-sonli qaroridagi barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalarigа, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi  vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va nazorat qilish.
  • Institutda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasа ва tashkilotlarning extiyojini fakultetlar, kafedralar va ma’muryat bilan o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish.
  • Mehnat bozori konyukturasini o‘rganish, qabul ko‘rsatkichlariga taklifni, istemolchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, talabalar kontengenti, bitiruvchilarning ishga joylashtirish to‘g‘risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir xujjatlarni o‘z vaqtida  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish (rahbaryat bilan kelishgan holda).
  • Davlat granti asosida qabul qilingan bakalavr va magistrlar bilan o‘qishni bitirgandan so‘ng ta’lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida uch yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (bir oy ichida) bitiruvchilarni xohish istagini inobatga olgan holda.
  • Davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun ularni o‘z vaqtida ish bilan taminlashga ko‘maklashish (rahbaryat bilan).
  • Ishga yo‘llangan talabalarning mehnat sharoitlari va shartnoma talablarini bajarilishi yuzasidan arizalarni prorektorlar yordamida ko‘rib chiqish va yechim qabul qilish.
  • Bitiruvchi talabalarga bo‘lg‘usi ish o‘rni to‘g‘risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o‘tkazishni tashkil etish (rahbaryat yordamida).
  • O‘tgan o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlash.

 

Tolov-shartnoma asosida oqiydigan talabalar bilan shartnomalar rasmiylashtirish va nazorat qilish inspektorlari vazifalari

 

  • Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shahslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kontraklarni rasmiylashtirish.
  • To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha xarajatlar farqi hisob-kitobini olib borish (tegishli meyoriy xujjatlar asosida).
  • To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘latish ishlarini amalga oshirish (dekanlar bilan hamkorlikda).
  • Xalqaro marketing bo‘yicha ishlarni olib borish hamda mahalliy va xorijiy jamg‘armalar, dasturlardan foydalanish, loyihalar tayyorlashda ishtirok etish.
  • To‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar soni bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja аsosidа, kadrlar bo‘limi bilan birgalikda).

 

 

 

Ma’lumot uchun tel:    99861 229-40-79

Electron manzil:          https://ndpi.uz