Stritbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Sportchi – el himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” doirasida stritbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar institut sport klubi tomonidan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
