“Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi bo‘yicha institut birinchiligi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mohir sportchilarni aniqlash maqsadida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida stol tennisi bo‘yicha institut birinchiligi tashkil etildi.

Musobaqada barcha fakultetlardan kelgan talabalar faol ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Ishtirokchilar tezkorlik, chaqqonlik va yuqori sport mahoratlarini namoyish etishga harakat qildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Sport musobaqasi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka chorlash va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.