“Ziyoli yoshlar Cup” intellektual turniriga start berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Ziyoli yoshlar Cup” turnirining birinchi tur o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Intellektual o‘yinda barcha fakultetlardan jami 100 ga yaqin jamoalar ishtirok etdi.

O‘yin yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, ularning bilim saviyasi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.