Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali yurtimizdagi barcha musulmonlarni hamda butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti – Iyd-al Fitr bilan chin yurakdan tabriklaymiz.

Xalqlarni o‘zaro hamjihatlikda, ahillikda yashashga da’vat etadigan Ramazon hayiti respublikamizda katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Shunday muqaddas bayramda sizlarni yana bir bor institutimiz rektorati va ahil jamoasi nomidan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xonadonlaringizga omonlik, fayz-u baraka tilaymiz.

Vatanimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin!