Prezident maktubida ilgari surilgan ezgu fikrlar institut jamoasi iştirokida muhokama qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli samimiy maktubida ilgari surilgan fikr-mulohazalar mazmun-mohiyatini örganiş va talaba-yoşlar örtasida keng tarğib qiliş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Unda institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov, fakultetlar tyutorlari hamda yoşlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy işlar bilan şuğullanuvçi mas’ul xodimlar iştirok etdi.

Muhokama davomida maktubda yoş avlodning ta’lim-tarbiyasi, intellektual salohiyatini yuzaga çiqariş, ilm-fan va ma’rifatga intiliş, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni egallaş, vaqtni qadrlaş, qat’iyat va intizom bilan maqsad sari intiliş kabi masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlar alohida ta’kidlandi.

Şuningdek, yoşlarning zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanişi, biroq ularga qaram bölib qolmasligi, kitobxonlik va mustaqil mutolaaga e’tibor qaratişi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini çuqur örganişi zarurligi qayd etildi.

Maktubda ilgari surilgan Vatanga muhabbat, milliy ğurur, vatanparvarlik, halollik, kamtarlik, mehnatsevarlik va insoniylik kabi yuksak fazilatlar yoşlar kamolotida muhim örin tutişi alohida e’tirof etildi. Zero, yurt kelajagi bugungi yoşlarning bilimi, tafakkuri, intilişi va mas’uliyatiga çambarças boğliq.

Institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov muhokama yakunida tegişli mas’ullarga maktub mazmunini talaba-yoşlarga keng va ta’sirçan yetkaziş, uning mazmun-mohiyatiga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va tarbiyaviy uçraşuvlar taşkil etiş böyiça aniq topşiriqlar berdi.

Şuningdek, tyutorlarga har bir talaba bilan individual işlaş, ularning bilim olişga bölgan intilişi, dunyoqaraşi va ma’naviy kamolotini qöllab-quvvatlaş, maktubda ilgari surilgan hayotiy saboq va nasihatlarni yoşlar ongiga singdiriş borasidagi işlarni yanada kuçaytiriş vazifalari yuklatildi.

NukusDPI matbuot xizmati.