Prezident maktubi talaba-yoşlar iştirokida tarğib qilinmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov Filologiya fakulteti talabalari bilan uçraşib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli murojaatida ilgari surilgan fikr va ğoyalar yuzasidan tarğibot tadbiri ötkazdi.
Unda maktubda yoş avlodning ta’lim-tarbiyasi, ilm-ma’rifatga intilişi, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni egallaşi, buyuk ajdodlar merosini örganişi, vaqtni qadrlaşi hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topişi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv davomida talabalarga bilim oliş, izlaniş, öz ustida muntazam işlaş, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş muhimligi ta’kidlandi.
Şuningdek, maktubda ilgari surilgan ezgu ğoyalar har bir yoş uçun hayotiy dastur bölib xizmat qilişi, yoşlarning bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar insonlar bölib voyaga yetişida muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.