Ellikqal’a fakultetida Prezident maktubi keng tarğib etilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institute Ellikqal’a fakultetida davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning “Suyukli nabiram Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktub” nomli samimiy va hayotiy da’vatlarga boy murojaati mazmun-mohiyatini keng tarğib etişga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuvlar kötarinki ruhda bölib ötmoqda.

Mazkur muloqotlarda yurtboşimizning elimizning har bir farzandiga qarata aytgan otalarça nasihatlari, buyuk ajdodlarimizga munosib voris böliş mas’uliyati, ilm-ma’rifat çöqqilarini zabt etiş hamda vaqtning har bir soniyasini ğanimat biliş zarurati alohida ğurur va ehtirom bilan tilga olindi.

Tadbirlar davomida talaba-yoşlarga zamonaviy ilm-fan va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalaniş, xorijiy tillarni puxta özlaştiriş, sinovlar oldida aslo çekinmasdan, Vatan ravnaqi va Yangi Özbekistonning buyuk kelajagi yölida fidoyilik bilan kamol topiş muqaddas burç ekani çuqur uqtirildi.