Diqqat, diqqat! NukusDPI talabalari orasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 24-sentyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalar, shuningdek, tashabbuslari bo‘lgan (prototiplari ishlab chiqilgan, loyiha taqdimoti shakllantirilgan) 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Marafon ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
– marafonda ishtirok etish uchun ilmiy va innovatsion g‘oya prototipi, mahsuloti, taqdimotiga ega bo‘lishi kerak;
– bir ishtirokchi bir loyiha bilan qatnashishi;
– marafonda jamoa bo‘lib qatnashish mumkin emas.
Marafon ishtirokchilarining loyihalari 2 xil toifada bo‘lishi zarur:
– Dasturiy ta’minot;
– Texnologik yechim.
Marafonda ishtirok etadigan loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
– Loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 10 ballgacha;
– Loyiha prototipining joriy etishga tayyorlik darajasi – 10 ballgacha;
– Amaldagi analoglaridan afzalligi – 10 ballgacha;
– Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 10 ballgacha;
– Loyiha taqdimotining puxtaligi – 10 ballgacha.
Marafon yakunlariga ko‘ra komissiya a’zolari tomonidan baholar umumlashtirilgan holda eng yuqori natijaga erishgan 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar moddiy rag‘batlantiriladi va respublika bosqichiga yo‘llanma beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: @Aydos_Orazbaev
Qo‘shimcha ma’lumotlarni institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limidan olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: +998906533178
NukusDPI matbuot xizmati.