Bank of Scientific Problems of the Preschool and School Education System

T/r Muammoning nomi Муammolar tasnifi
I. Maktabgacha ta’lim sohasining ilmiy muammolari
1. Maktabgacha ta’limning yagona konsepsiyasi va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish masalalari Nazariymetodologik muammolar
2. Bolalar rivojlanishini baholashning ilmiy asoslangan, milliy va xalqaro standartlarga mos tizimini yaratish
3. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogikasi asosida metodik yondashuvlarni takomillashtirish
4. Zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualar, dasturlar va qo‘llanmalarni ishlab chiqishning yetarli darajada tizimlashtirilmaganligi Tarbiyaviy va didaktik muammolar
5. O‘yin faoliyati, STEAM-ta’lim, axborot texnologiyalari orqali bolalarni samarali o‘qitish va tarbiyalash usullarini ishlab chiqish zarurati
6. Ona tili va xorijiy tillarni o‘rgatish metodikalarini ilmiy asoslash
7. Bolalarning individual qobiliyatlari va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olishda amaliy mexanizmlarning yetarli emasligi Psixologikpedagogikmuammolar
8. Iqtidorli bolalar bilan ishlashning maxsus dasturlarini yaratish
9. Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim muammolari
10. Oilaning tarbiyadagi o‘rni va ota-onalar pedagogik madaniyatini oshirish zarurati Ijtimoiy-madaniy muammolar
11. Milliy qadriyatlar va an’analarni zamonaviy pedagogika yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish
12. Raqamli davrda bolalar ongiga turli axborot oqimlarining ta’siri va undan himoyalash mexanizmlarini ishlab chiqish
13. Maktabgacha ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi Ilmiy-tadqiqot va amaliyot muammolari
14. Innovatsion tajribalarni umumlashtirish va ommalashtirishda tizimlilikning yetishmasligi
15. Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonida ilmiy yondashuvning kuchsizligi
II. Boshlang‘ich ta’lim sohasining ilmiy muammolari
16. Boshlang‘ich ta’limning konseptual asoslari va milliy ta’lim standartlarini zamon talablariga moslashtirish Nazariymetodologik muammolar
17. O‘quv dasturlarining ortiqcha nazariylikka yo‘naltirilganligi, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga to‘liq mos kelmasligi
18. Ta’lim mazmunini hayotiy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish zarurati
19. Dars jarayonlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning yetarli emasligi Didaktik va metodik muammolar
20. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va ijodiy faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarining sustligi
21. Ona tili, matematika va tabiatshunoslik fanlarida o‘quvchilarning bazaviy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muammolar
22. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olishda qiyinchiliklar Psixologikpedagogik muammolar
23. O‘quv yuklamasining ortiqligi natijasida bolalarda ruhiy va jismoniy charchoqning yuzaga kelishi
24. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qishga motivatsiya pasayishi va darslarga qiziqishning kamayishi
25. O‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va malakasida tafovutlar mavjudligi O‘qituvchilar faoliyati bilan bog‘liq ilmiy muammolar
26. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarining yetarli emasligi
27. O‘qituvchilar uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish sharoitlarining cheklanganligi
28. Boshlang‘ich ta’lim maktablarida moddiy-texnik baza va didaktik vositalarning yetarli emasligi Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy muammolar
29. Sinfdagi o‘quvchilar sonining ko‘pligi sababli individual yondashuv imkoniyatlarining cheklanishi
30. Ota-onalarning farzandlari ta’limiga yetarlicha e’tibor qaratmasligi, pedagogik madaniyat darajasining pastligi
III. Umumiy o‘rta ta’lim sohasining ilmiy muammolari
31. Ta’lim mazmuni va davlat ta’lim standartlari zamon talablari bilan to‘liq uyg‘unlashmaganligi Nazariymetodologik muammolar
32. Fanlararo integratsiya va kompetensiyaga asoslangan yondashuvlarning yetarli emasligi
33. Ta’limda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashning sustligi
34. O‘quv dasturlarida ortiqcha nazariy yuklama bo‘lib, amaliy hayotiy ko‘nikmalarga kam e’tibor qaratilishi Didaktik va metodik muammolar
35. Darslarda o‘quvchilarni mustaqil va tanqidiy fikrlashga yo‘naltirishning sustligi
36. O‘quvchilarning individual qobiliyatlari va ehtiyojlariga mos differensial yondashuvning yetarli darajada bo‘lmasligi
37. O‘quvchilar o‘rtasida o‘qishga qiziqishning pasayishi, motivatsiyaning sustligi Psixologikpedagogik muammolar
38. Yoshlar ongiga internet va ommaviy axborot vositalaridan kelayotgan turli xavfli oqimlarning salbiy ta’siri
39. Psixologik xizmatning maktablarda yetarlicha samarali tashkil qilinmaganligi
40. O‘qituvchilarning kasbiy malakasida sezilarli tafovutlar mavjud O‘qituvchilar faoliyati bilan bog‘liq muammolar
41. Innovatsion metodikalarni qo‘llash ko‘nikmalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi
42. O‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish sharoitlarining cheklanganligi
43. Qishloq va shahar maktablari o‘rtasida ta’lim sifati va moddiytexnik baza bo‘yicha katta tafovut mavjudligi
44. Sinflardagi o‘quvchilar sonining ko‘pligi individual yondashuvga to‘sqinlik qilmoqda Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliymuammolar
45. Ota-onalarning pedagogik madaniyatining pastligi va farzandlar tarbiyasiga mas’uliyatning yetarli darajada bo‘lmasligi
46. Ta’lim jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish masalalarining dolzarbligi Tarbiya va ma’naviyat muammolari
47. O‘quvchilarning ma’naviy immunitetini shakllantirishda tizimlilikning yetarli emasligi
48. Huquqiy tarbiya va fuqarolik mas’uliyatini oshirish bo‘yicha samarali dasturlar yetishmasligi
IV. Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish sohasining ilmiy muammolari
49. Pedagog kadrlarni tayyorlashning yagona konsepsiyasi va kompetensiyaga asoslangan modelining yetarlicha ishlab chiqilmaganligi Nazariymetodologik muammolar
50. Kasbiy rivojlanish jarayonida pedagogikaning zamonaviy paradigmalari (raqamli pedagogika, inklyuziv ta’lim, STEAM)ni nazariy asoslashdagi bo‘shliqlar
51. Pedagoglarning kasbiy faoliyatini baholashning ilmiy asoslangan mezonlari va indikatorlarini ishlab chiqishdagi kamchiliklar
52. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligi yetarli darajada ta’minlanmagan Didaktik va metodik muammolar
53. Talabalarni amaliyotga tayyorlashda maktab, bog‘cha va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik mexanizmlarining sustligi
54. O‘qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy metodlar, interfaol texnologiyalar, raqamli platformalardan foydalanishning yetarli emasligi
55. Pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi yetarlicha samarali yo‘lga qo‘yilmagan Kasbiy rivojlanish va malaka oshirishdagi muammolar
56. Malaka oshirish kurslari ko‘pincha nazariy bilim berishga qaratilgan bo‘lib, amaliy faoliyatni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamaydi
57. Pedagoglar o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ilmiy izlanish olib borishga rag‘batlantirish mexanizmlarining sustligi
58. Pedagoglarda kasbiy kuyish (professional burn-out) muammosining o‘sib borishi Psixologikpedagogik muammolar
59. Yosh mutaxassislarning kasbga moslashuvi va ularni tizimda ushlab qolishdagi qiyinchiliklar
60. Innovatsion faoliyatga tayyorlik, ijodkorlik va moslashuvchanlikni shakllantirishdagi ilmiy asoslarning yetishmasligi
61. Pedagog kasbining ijtimoiy nufuzi yetarli darajada yuqori emasligi Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy muammolar
62. Kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha moliyaviy hamda moddiy-texnik ta’minotning cheklanganligi
63. Hududlararo tengsizlik: qishloq va shahar pedagoglari malakasi, imkoniyatlari va sharoitlari o‘rtasidagi tafovut
V. Umumiy pedagogika sohasining ilmiy muammolari
64. Pedagogikaning umumiy konsepsiyasi va kategoriyalarini (ta’lim, tarbiya, rivojlanish, shaxs shakllanishi) zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot talablari asosida qayta ko‘rib chiqish zarurati Nazariymetodologikmuammolar
65. Pedagogik jarayonni ilmiy tadqiq qilish metodologiyasining mukammal ishlab chiqilmaganligi
66. Pedagogikani boshqa fanlar (psixologiya, sotsiologiya, falsafa, texnologiya) bilan integratsiya qilish muammolari
67. Ta’lim mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilashdagi ilmiy izlanishlarning yetarli emasligi Ta’lim mazmuni va metodlari bilan bog‘liq muammolar
68. Pedagogik metodlar va texnologiyalarni o‘quvchilar yosh xususiyatlariga moslashtirish muammolari
69. O‘quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirishning samarali metodlarini ishlab chiqishdagi bo‘shliqlar
70. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishning nazariy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan Tarbiya jarayonidagi muammolar
71. O‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida oilaning, maktabning va jamiyatning hamkorligi ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etilmagan
72. Globallashuv va raqamli davrda yoshlar ongiga turli omillarning ta’sirini ilmiy jihatdan baholash muammolari
73. O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini baholashning ilmiy asoslangan mezonlari yetarli emas O‘qituvchi shaxsi va faoliyati bilan bog‘liq muammolar
74. Pedagog shaxsining innovatsion faoliyatga tayyorgarligi va ijodkorligini rivojlantirish nazariyasi mukammal ishlab chiqilmagan
75. Kasbiy kuyish (professional burn-out), stress va motivatsiya muammolarini pedagogika nuqtayi nazaridan ilmiy tadqiq etish zarurati
76. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanishning pedagogik oqibatlarini o‘rganish Ta’lim jarayonining ijtimoiy-madaniy muammolari
77. Inklyuziv ta’limni umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotida ilmiy asoslashdagi bo‘shliqlar
78. O‘quvchilarning ijtimoiylashuvi, shaxs sifatida kamol topishida maktabdan tashqari muhit ta’sirini ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qilish zarurati
VI. Maxsus pedagogika sohasining ilmiy muammolari
79. Maxsus pedagogikaning umumiy pedagogika bilan integratsiyasi va farqlovchi jihatlarini ilmiy asoslashdagi bo‘shliqlar Nazariymetodologik muammolar
80. Turli toifadagi nogironligi bo‘lgan bolalar (eshitish, ko‘rish, nutq, harakat-tayanch, intellektual rivojlanishida nuqsonlari) uchun yagona nazariy konsepsiyaning yetishmasligi
81. Maxsus pedagogikaning psixologiya, nevrologiya, logopediya, defektologiya bilan uzviy bog‘liqligini chuqur tadqiq etish zarurati
82. Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqishning murakkabligi Didaktik va metodik muammolar
83. Maxsus ta’lim jarayonida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va darsliklarning yetarli emasligi
84. Maxsus pedagogikada zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli platformalar va adaptiv vositalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlarning cheklanganligi
85. Inklyuziv ta’limni samarali tashkil etishning nazariy asoslari mukammal ishlab chiqilmagan Inklyuziv ta’lim bilan bog‘liq muammolar
86. Oddiy sinflarda nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda differensial va individual yondashuv bo‘yicha metodik izlanishlar yetarli emas
87. Inklyuziv muhitda sog‘lom bolalar va nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik moslashuv muammolari
88. Defektolog, logoped, tiflopedagog, surdopedagog kabi mutaxassislarni tayyorlash tizimi yetarlicha takomillashmagan Pedagog va mutaxassislar tayyorlashdagi muammolar
89. Maxsus pedagoglar uchun kompetensiya modelini ishlab chiqish va baholash mezonlari ilmiy asosga to‘liq ega emas
90. Maxsus pedagoglarda kasbiy kuyish (burn-out), psixologik yuklama va motivatsiya muammolarini o‘rganish zarurati
91. Jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi va integratsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning yetarli emasligi Ijtimoiy va madaniy muammolar
92. Oilaning maxsus ta’limdagi o‘rni va ota-onalar bilan samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari
93. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozoriga tayyorlash va kasbiy ta’limga yo‘naltirishning ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmagan
VII. Maktabgacha va maktab ta’limini boshqarish sohasining ilmiy muammolari
94. Ta’lim tizimini boshqarishda yagona ilmiy konsepsiya va modelning yetarlicha ishlab chiqilmaganligi Nazariymetodologik muammolar
95. Maktabgacha va maktab ta’limini boshqarishda innovatsion menejment yondashuvlari (strategik boshqaruv, tizimli yondashuv, sifat menejmenti)ning ilmiy asoslari mukammal ishlab chiqilmagan
96. Ta’lim sifatini baholashning milliy va xalqaro standartlarga mos indikatorlarini ishlab chiqish zarurati
97. Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari o‘rtasida uzluksizlik va izchillikni ta’minlash mexanizmlarining yetarlicha shakllanmaganligi Tashkiliyboshqaruv muammolari
98. Hududiy (qishloq va shahar) ta’lim muassasalari o‘rtasidagi moddiy-texnik va tashkiliy tafovutlarni bartaraf etishning murakkabligi
99. Ta’lim muassasalarini boshqarishda shaffoflik va samaradorlik mexanizmlarining kuchsizligi
100. Rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining ilmiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan Kadrlar bilan bog‘liq muammolar
101. Ta’lim muassasasi rahbarlarida zamonaviy menejment, pedagogik liderlik, raqamli texnologiyalarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda ilmiy-metodik izlanishlarning yetishmasligi
102. Rahbarlarning faoliyatini samaradorlik asosida baholash tizimining ilmiy asoslanganligi sust
103. Maktabgacha va maktab ta’limini boshqarishda raqamli transformatsiya jarayonining ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarur Axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bilan bog‘liq muammolar
104. Elektron boshqaruv (e-management), ta’lim monitoringi va statistik tahlil tizimlari ilmiy jihatdan yetarli darajada takomillashmagan
105. Ma’lumotlarni tahlil qilish, ta’limda “big data” va sun’iy intellektdan foydalanishning ilmiy-pedagogik oqibatlari to‘liq o‘rganilmagan
106. Ota-ona, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni boshqarishning ilmiy asoslari sust ishlab chiqilgan Ijtimoiypsixologik muammolar
107. Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va boshqarish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yetarli emas
108. Boshqaruv jarayonida inson omili, motivatsiya va liderlikning ta’siri chuqur o‘rganilmagan
109. Ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda samaradorlikni oshirish va resurslarni adolatli taqsimlash mexanizmlarini ilmiy asoslash zarur Moliyaviy va resurslarni boshqarish muammolari
110. Davlat-xususiy sheriklik asosida ta’limni boshqarishning samarali modellarini ishlab chiqishdagi bo‘shliqlar
111. Ta’lim tizimini boshqarishda korrupsiya va byurokratiyaga qarshi kurashishning ilmiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagan