Voleybol bo’yicha institutimiz qizlar jamoasi O’zbekiston superkubogi g’olibi va absolyut chempioni bo’ldi

Shu yilning 10-13 sentyabr kunlari Toshkent shahrida voleybol bo’yicha qizlar jamoalari o’rtasida O’zbekiston superkubogi va absolyut chempionligi uchun musobaqa o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.
Musobaqada bu yil O’zbekiston chempionligini qo’lga kiritgan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va O’zbekiston kubogi g’olibi Andijon viloyati jamoalari o’z aro bellashdi.
Musobaqa davomida Nukus davlat pedagogika insituti jamoasi sportchi qizlari raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Hisob 3:2, 3:1 va 3:0 ko’rinishida Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi sportchilarining g’alabasi bilan yakunlandi va institut qizlar jamoasi O’zbekiston superkubogi hamda absolyut chempionligini qo’lga kiritdi.
Sportchilarni musobaqaga Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan murabbiy va sport ustasi Azat Kazakov tayyorladi.

Islam Matekov,
NDPI matbuot kotibi.