Pedagogika kafedrasida «Sharq javohirlari» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasida «Sharq javohirlari» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Biz bu tadbirda tarixiy yodgorliklar, allomalar haqida ko‘p narsalarni bilib oldik, bilgan ma’lumotlarimiz bo‘yicha esa boshqa talabalarimiz bilan fikr almashdik. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlardagi ko‘plab yodgorliklar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik.

Bizning ko‘xna yodgorliklarimiz ko‘p ming yillik tarixga ega. Shu jumladan, Xivadagi muzey jahon yodgorliklariga kiritilganini, Samarqand esa go‘zalligi bilan dunyoga dong‘i ketganini biz faxr bilan aytadigan bo‘ldik. Bu tadbirda ko’pchilik talabalar qatnashdi va o‘z fikrlarini, taqdimotlarini namoyish qildilar.

Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 4 «E» guruh talabasi Haytboyeva Zarina va 1 «E» guruh Rasulov Sherzodlar Samarqand va Xiva shaharlari tarixiy yodgorliklari haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
1 «I» rus guruhi talabalari B.Sultanov va A.Sharafatdinovalar «Самарканд жемчужина Востока» mavzusidagi bayonoti bilan qatnashdilar.
«Yosh kitobxonlar» 1 «E» kurs talabalari G.Shamuradova, M.Ozodova, Z.Xojimovalar o‘zlarining o‘qib chiqqan badiiy asarlari haqida aytib o‘tdilar hamda hammani badiiy asarlar o‘qishga chorladilar.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, bunday yig‘ilishlar, tadbirlar bizning tariximizni qanchalik boy ekanini bilib olishga, kitobxonlik savodini o‘stirish, nutqimizni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Zuhra Xadjibaeva,
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi.