Axborot resurs markazi

Директор центра:

Жиемуратова Гулайым Максетбаевна

тел: +998913035209
e-mail:  

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi haqida malumot

   Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 16838 nomda 183331 donadan iborat.

Shundan:

Darslik va oʻquv q oʻllanmalar – 4840 nomda 83945 dona;

Badiiy adabiyotlar – 8156 nomda 43679 dona;

Ilmiy adabiyotlar  – 486 nomda 23366 dona;

Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar – 2816 nomda 28070 dona;

Chet el adabiyoti – 330 nomda 3034 dona;

Boshqa adabiyotlar 210 nomda 1237 donani tashkil etadi.

 Axborot-resurs markazi fondiga 2024 yili 218 nomda 3200 dona 71789850 so‘mlik, 2025 yili shu kungacha  258 nomda 4363 dona  505677641 so‘mlik yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan. Fondni tezkor toʻldirish natijasida, bugungi kunda 13680 ta kitob oʻquvchi aʼzo boʻlib, kuniga oʻrtacha 920 kishiga xizmat koʻrsatilmoqda.

Axborot-resurs markazi tomonidan 2025 yil uchun 58 nomda 415105344 so‘mlik gazeta jurnallarga obuna tashkillashtirildi.

Axborot – resurs markazida kitob o`quvchilarga 5 ta boʻlim  xizmat qilmoqda.

  1. Ilmiy metodik va axborot ma’lumat boʻlimi
  2. Axborot kutubxona resurslarini toʻliqtirish, katologlashtirish va sistemalashtirish boʻlimi
  3. Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat koʻrsatish boʻlimi,
  4. Elektron axborot resurslari boʻlimi
  5. Chet el axborot kutubxona resurslari bilan ishlash boʻlimi.

Yangidan kelgan adabiyotlarnining  har oyda byulletenlar ishlab chiqilib,  talabalar, professor-o‘qituvchilarga tanishtirishtirib borilmoqda.  Shuningdek Axborot-resurs markazida doimiy ravishda muhim sanalarga, bayramlarga, ilimiy-metodik konferentsiyalarga, yangi adabiyotlarga kitoblar ko‘rgazmalari tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Kitobxonlikni keng targ‘ibot qilish maqsadida tadbirlar turli uchrashuvlar, viktorina oʻyinlari tashkillashtirilib boriladi.

ARM da 5 ta kitob berish bo‘limi, kompyuter  xonasi (elektron kutubxona) boʻlib, 4 printer (3/1), 4 skaner, 1 zamonaviy televizor 48 ta kompyuter bilan ta’minlangan.

Axborot-resurs markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 iyuldagi 225-sonli buyrug‘i  hamda  institut rektorining joriy yil 21 iyuldagi 265D/1-sonli bo‘yrug‘iga asosan kitob fondini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish hamda vazirlik huzuridagi yagona “Elektron kutubxona” platformasiga joylashtirish yuzasidan berilgan ko‘rsatmaga muvofiq axborot-resurs markazi kitob fondi to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.

Axborot-resurs markazida «ELEKTRON MÁLIMLEME RESURSLARÍ» nomli elektron dastur (katalog) ishlab chiqildi. Katalogta institutda oʻqitiladigan fanlarning namunaviy fan dasturlaridagi adabiyotlar fakultet, kafedra kesimida joylashtirilgan. Bu o‘z navbatida talabalarga adabiyolarning elektron nusxalarini tez va oson topishlari uchun qulayliklar yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shartnomasi asosida Elsevier kompaniyasining Scopus, ScienceDirect xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan, Springer Nature kompaniyasining Link Springer ma’lumotlar bazalariga va Web of Science qidiruv bazalariga, yanada shartnoma asosida A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi orqali  “EBSCO Information Services” kompaniyasining ilmiy toʻliq matnli ma’lumotlar bazasiga bepul ulangan. Xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanishni yo‘lga qoʻyish maqsadida, chet el axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bʻlimida “Maslahat markazi” tashkil etilgan va o‘z faoliyatini yurgazmoqda.

Respublikamizda faoliyat yurituvchi axborot-resurs markazlari bilan jumladan: A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, Qoraqalpogʻiston Respublikasi AKM, Berdaq nomidagi QDU ARMlari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.