Tarix-geografiya fakulteti talabasi 38-sonli maktabda “SARDORLIK” mavzusida seminar-trening o‘tdi

Tarix-geografiya fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi Allabergenov Ergash Nukus shahridagi № 38-sonli maktabning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Turdiev Boybosin boshchiligida shu maktab sinf sardorlari va Yoshlar ittifoqi sinf yetakchilariga  “SARDORLIK” mavzusida seminar-trening o‘tdi.

Bu seminar-trening asosan “Sardor kim? Sardor turlari, sardor fazilatlari, sardor nutqi, sardor madaniyati va zamonaviy sardor qanday bo‘lishi kerakligi” asosida bo’lib o’tdi.

Tadbir juda qiziqarli tarzda o‘tildi. Shu bilan birga, seminar jarayonida o‘yinlardan ham foydalanildi.

Hozirda bu talabamiz O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qaraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi yonida tuzilgan KARYERA “Yosh rahbarlarni tayyorlash” klubida trener sifatida o’z faoliyatini yuritmoqda.