Kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi
![]() |
Kafedra mudiri: | Kabulova L.B. |
Tel.: | +998 (91) 394 47 44 | |
e-mail: | kabulova1806@mail.ru |
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida davlatimiz mustaqillikka erishgan yillari Tabiatshunoslik kafedrasi tarkibidan 1993-yili alohida «Botanika» va «Zoologiya» kafedralari ajralib chiqdi. 1999-yilda «Botanika» kafedrasi qoshida kimyo laboratoriyasi tashkil etildi. 2000-yilda NDPIning Ilmiy Kengashi qarori bilan «Kimyo» kafedrasi tashkil etildi.
2000-2006-yillar oralig‘ida kafedra nomi «Kimyo» kafedrasi, 2006-yildan boshlab «Kimyo va ekologiya» kafedrasi etib qayta ochildi. 2016-2017-yillar oralig‘ida esa kafedra nomi «Kimyo o‘qitish metodikasi» deb o‘zgartirilib hozirgi kunga qadar o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Kafedraga quyidagi professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilgan:
- 1999-2001-yillarda k.f.d., professor O.Asamatdinov;
- 2001-2005-yillarda k.f.n., dotsent A.Jiyemuratov;
- 2005-2012-yillarda b.f.n., dotsent F.Otenova;
- 2013-2014-yillarda k.f.n., dotsent A.Asamatdinov;
- 2014-2016-yillarda k.f.n., dotsent B.Jumabaev;
- 2016-2021-yillarda t.i.d., dotsent A.Kaipbergenov;
- 2021-yil oktyabr oyidan boshlab t.f.f.d., dotsent L.Kabulova rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 18 professor-o‘qituvchi bo‘lib, shundan: 1 professor v.v.b., 4 dotsent, 1 dotsent v.v.b., 2 p.f.f.d. (PhD), 1 katta o‘qituvchi, 4 assistent va 5 stajyor o‘qituvchi xizmat ko‘rsatmoqda.
2024-yil 14-noyabrda kafedra assistenti M.Artiqov «Kimyo o’qitishda o’quvchilarning ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish» mavzusida pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasin oldi. Davlatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’im to‘g‘risida»gi nizomini amalga oshirish doirasida o‘qitishning kompleksli tizimi, ya’ni har taraflama yetuk, bilimli, zamonaviy fiklovchi yosh avlodni shakllantirishda kafedra professor-o‘qituvchilarining qo‘shayotgan ulushlari juda katta. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-sonli «Oʻzbekiston Respublikasida chet tillarni oʻrganish sifatini yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida» gi qaroriga muvofiq kafedrada 2 o‘qituvchi chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B1 va A1 sertifikatlariga ega.
Kafedra katta o‘qituvchisi k.f.n., A.Asamatdinov Germaniya davlati (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ)) bilan hamkorlikda «Yashil» uchun universitet va sanoat hamkorligi grantlari sanoatlashtirish asosida «Development and production of the construction materials on the basis of municipial wastes» loyihasi jami 330,000,000 (uch yuz o‘ttiz million) so‘mni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda kafedraning ilmiy mavzusi «Qoraqalpog‘istonning mahalliy xomashyo resurslarini fizik-kimyoviy usullar yordamida xususiyatlarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish» deb nomlanib, mavzu bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari maqolalar, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chiqarib kelmoqda.