Fizika o‘qitish metodikasi kafedrasi

Kafedra mudiri: Kamalov Amangeldi Bazarbaevich
Tel.: +99890 651 4972
Qabıllaw waqtı

Dúyshembi-Shembi

Saat 10-00 den 16-00 ge shekem

   
   

     Nukus davlat pedagogika instituti ochilishi bilan sentyabr oyida muhandis-pedagogika fakulteti tarkibida “Fizika va mehnatga o‘rgatish” kafedrasi tashkil etildi. O‘sha vaqtlarda kafedrada ikkita fan nomzodi, bir katta o‘qituvchi va beshta assistent o‘qituvchi faoliyat yuritib keldi. Kafedra tarkibidan 1992-yilda yangi mutaxassisliklar ochilishi bilan “Umumiy texnik fanlar” kafedrasi ajralib chiqdi. Kafedraga dotsent Q.Palvanov (1990-1992yy), dotsent A.Jumamuratov (1992-1993yy), dotsent B.Qaypov (1993-1998yy), dotsent K.Turdanov (1998-2007yy, 2008-2014yy), dotsent J.Janabergenov (2007-2008yy) rahbarlik qildi. 2014-yildan hozirgi vaqtda f.-m.f.d., professor A.Kamalov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlari bo‘yicha bir nechta o‘quv-metodik qo‘llanmalar va darsliklar yaratildi.

     Hozirgi kunda kafedrada 5 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodi, 5 nafar falsafa fanlari doktori PhD, 18 nafar assistent o‘qituvchilar ishlab kelmoqda. Ilmiy daraja 45% ni tashkil etadi. Kafedramizda mexanika, molekulyar fizika, optika, elektromagnetizm laboratoriya xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, ushbu uskunalar yordamida laboratoriya ishlari sifatli darajada olib borilmoqda.

     So‘nggi uch yilda kafedramizdan N.Matjanov DSc, A.Paluanova, K.Embergenova, S.Abdijaliyev, A.Jalakeshov PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

     Kafedra a’zolari xalqaro tanlovlarda qatnashib, rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida o‘z bilimlarini oshirib, tajriba almashmoqda. Xususan, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Royal Society jamiyati, Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi (NATO), Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT – UNO), Xalqaro atom energetikasi agentligi (IAEA) va Italiya Respublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Abdus Salam nomidagi Xalqaro nazariy fizika markazi ICTP hamda Turkiya davlatining fan va texnologiyalar tadqiqotlari kengashi (TUBITAK) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitalari grantlari yutib olingan. Natijada pedagog xodimlarimiz Angliyaning Lafboro universitetida, Germaniyaning Myuggelzi o‘quv markazida, Italiyaning Triest shahrida joylashgan Abdus Salam nomidagi Xalqaro nazariy fizika markazida (ICTP) hamda Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan Izmir Oliy texnologiya instituti kabi ilmiy va o‘quv markazlarida o‘z kasbiy va ilmiy malakalarini oshirib qaytishdi. Pedagog xodimlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining turli tanlovlarida doimo faol ishtirok etib, bu tanlovlarda tahsinga sazovor yutuqlarga erishgan.