Filologiya fakulteti amaliyotchi talabasi 38-maktabda ochiq dars tashkil etdi

Mart oyining o‘n to‘rtinchi sanasida Nukus shahridagi 38-maktabda filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishidagi amaliyotchi talaba Rustamova Sitoraning 9-D sinfda «Abdulla Oripov she’riyati» mazvusida ochiq dars tashkil etildi.

Darsda Rustamova Sitora o‘zining pedogogik mahorati bilan birga ijodkorligini ham ko‘rsata oldi. Darsga tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar, videolar,  slaydlar darsning yanada qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minladi.

Darsni kuzatish uchun metodist Xudayarova Muhabbat, fan o‘qituvchisi Allambergenova Gulnora hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi. Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. O‘qituvchilar va talabalar ochiq dars haqida o‘z fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni yaxshi baholadilar.