Filologiya fakulteti amaliyotchilari pedogogik mahoratini ko‘rsatishda davom etmoqda

Aprel oyining birinchi sanasida Nukus shahridagi 38-maktabda filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishidagi amaliyotchi talaba Uzaqbayeva Muqaddas 8-esinfda ochiq dars tashkil qildi.

Dars “O‘zbekiston sporti”, (Fe’llarning yasalishi” mazvusida tashkil etildi. Darsda Uzaqbayeva Muqaddas o‘zining pedogogik mahorati bilan birga ijodkorligini ham ko‘rsata oldi. Darsga tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar, videolar,  slaydlar va yangi metodlar darsning yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlabgina qolmay, amaliyotchining pedogogik qobilyat qirralarini ham yaqqol ko‘rsatib berdi.

Darsni kuzatish uchun metodist Bekchanova Sayyora hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi.

Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. O‘qituvchilar va talabalar ochiq dars haqida o‘z fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni a’lo baholadilar.