Filologiya fakulteti amaliyotchilari pedagogik mahoratini koʻrsatmoqda

Aprel oyining toʻrtinchi sanasida Nukus shahridagi 44-maktabda filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishidagi amaliyotchi talaba Kenjayeva Maftuna 5-“v” sinfda ochiq dars tashkil qildi.
Dars “Qadimiy shaharlar” (-ma, -may qo`shimchali bo`lishsiz fe’llarning ishlatilishi) mavzusida tashkil etildi. Darsda Kenjayeva Maftuna oʻzining pedagogik mahorati bilan birga ijodkorligini koʻrsata oldi. Darsga tayyorlangan tarqatma materiallar, koʻrgazmali qurollar, rasmlar, slaydlar, videolar va yangi metodlar darsning yanada qiziqarli boʻlishini ta’minladi va amaliyotchining qobiliyatini yaqqol koʻrsatib berdi.
Darsni kuzatish uchun metodistlarimiz Kobulova Durdona, Allamberganova Nodira hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi. Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. Oʻqituvchilar va talabalar ochiq dars haqida oʻz fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni a’lo deb baholadilar.