Filologiya fakulteti amaliyotchilari 44-maktabda ochiq dars tashkil qildi

Aprel oyining beshinchi sanasida Nukus shahridagi 44-maktabda filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishidagi amaliyotchi talaba Abdullayeva Roʻza 5-“a” sinfda ochiq dars tashkil qildi. Dars “Abdulla Avloniy” mavzusida tashkil etildi.
Darsda Abdullayeva Roʻza oʻzining pedagogik mahorati bilan birga ijodkorligini koʻrsata oldi. Darsga tayyorlangan tarqatma materiallar, koʻrgazmali qurollar, rasmlar, slaydlar, videolar va yangi metodlar darsning yanada qiziqarli boʻlishini ta’minladi va amaliyotchining qobiliyatini yaqqol koʻrsatib berdi.
Darsni kuzatish uchun metodistlarimiz Kobulova Durdona, Allamberganova Nodira hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi. Dars tugagach ochiq dars tahlil qilindi. Oʻqituvchilar va talabalar ochiq dars haqida oʻz fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirib, darsni a’lo deb baholadilar.