Yaratuvchanlik – oʻqituvchi mahorati

Nukus shahri XTBga qarashli 44-sonli umumta’lim maktabining 5-“a” sinfida malakaviy pedagogik amaliyot oʻtkazuvchi Ajiniyoz nomidagi NDPI Filologiya fakultetining Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi 4-“v” guruh talabasi Sobirova Ozoda 2019-yil 10-aprel sanasida Ona tili fanidan “Iboralar” mavzusida bir soatlik ochiq dars tashkil qildi.
Dars oʻtuvchi amaliyotchi talaba oʻz mahoratini koʻrsata oldi. Har bir kuzatuvchi oʻqituvchi va amaliyotchilar oʻqituvching mahoratiga e’tibor berishdi. Darsning mavzusi iboralar boʻldi. Darsda koʻplab pedagogik texnologiyalardan foydalandi. Asosan, uning tezkorligi hamma oʻquvchilarni birdek darsga jalb qila olishi uning qanchalik mahoratli ekanligini ochib berdi.
Oʻqituvchi asli qanday dars tashkil etishi kerak? U nimalarga koʻproq e’tibor berishi kerak degan savol hammada tugʻiladi. Oʻqituvchi shunday dars tashkil etishi kerakki, oʻquvchi bugungi oʻtilgan mavzuni oʻrganmasdan ketmasin, oʻquvchida oʻqituvchiga mavzu boʻyicha beriladigan savollar paydo boʻlishi kerak. Oʻquvchiga dars tushunarli, qiziqarli boʻlganini darsda oʻqituvchiga savollar berib borishidan bilib olishimiz mumkin. Oʻqituvchi ana oʻshanda oʻz maqsadiga erishgan boʻladi. Har bir oʻqituvchi 45 daqiqa dars oʻtsa ham shu oz fursat ichida oʻsib kelayotgan farzandlarga biror narsa bera olsa, ana oʻsha oʻqituvchi pedagogik mahoratga ega hisoblanadi.
Bugungi darsda oʻquvchilar ancha narsa oʻrganib olishdi. Oʻqituvchi oʻz pedagogik mahoratini, qobiliyatini namoyish eta oldi.
Darsda metodistlarimizdan Allamberganova Nodira, Kobulova Durdona hamda amaliyotchilar qatnashishdi. Dars yaxshi deb baholandi. Darsga kirgan har bir amaliyotchi talabalar dars davomida kuzata turib oʻzlari uchun biror narsa oʻrgana olishdi.