Amaliyotchi talabalar 44-maktabda ,,Muhammad Yusuf she’riyati» mavzusidan ochiq dars tashkil qilishdi

16-aprel kuni Nukus shahridagi 44-maktabda filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi 4- ,,v» kurs talabasi Xudarganova Barchinoy 8-,,a» sinfda ,,Muhammad Yusuf she’riyati» mavzusida ochiq dars tashkil qildi.

Amaliyotchi talaba oʻquvchilar bilan erkin muloqat qildi. Olgan nazariy bilimlarini amaliyotda  qoʻllay oldi va bu bilimlari dars davomida yaxshi samara berdi.

Darsda Xudarganova Barchinoy oʻqituvchilik mahoratini yaqqol korsata oldi. Amaliyotchi talaba hozirgi kunda global muammolardan biri boʻlgan Orol muammosini  Muhammad Yusuf she’riyati bilan bogʻlab,  yana bir bora iqtidorini namoyish qildi.

Darsni kuzatish uchun metodistlarimiz Kobulova Durdona, Allambegenova Nodira,  Oʻzbek adabiyoti kafedrasi mudiri Matyaqupov Sadulla, fan oʻqituvchilardan Xodjanova Sanobar hamda amaliyotchi talabalar qatnashdi.

Ochiq darsni tahlil qilganda oʻqituvchilar va talabalar oʻz fikr-mulohazalarini va tavsiyalarini bildirdirib, darsni a’lo deb baholadilar.