1- oktabr “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan institut professor-oqituvchilari orasida o’tkazilgan sport musobaqalarida sportning futbol turi bo’yicha Tariyx fakulteti g’olib bo’ldi.
Bugun institutimizning fakultetlarining professor-oqituvchilari orasida sport musobaqalarining ikkinchi kunida, ya’ni 1- oktabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni» munosabati bilan o’tkazilgan, institut professor-oqituvchilar orasidagi sportning mini futbol turi bo’yicha musobaqasida final bosqichida Tarix va Tabiiy fanlar fakultetlari o’z aro kuch sinashdilar.

Natijada futbol musobaqalari bo’yicha birinchi o’rinni Tarix fakulteti, ikkinchi o’rinni Tabiiy fanlar fakulteti, uchinchi o’rinni Rektorat komandasi egalladi.Bu g’olib bo’lgan komandalarni institut jamoati nomidan tabriklaymiz.

