«Korrupsiya va Jamiyat» mavzusida Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida insholar tanlovida faol qatnashgan Tarix fakulteti talabalari sovrinli o’rinlarni egalladilar
2019-yil 6-noyabr kuni Oliy o’quv yurti talabalari o’rtasida jami 200 dan ortiq qatnashuvchilar orasida bo’lib o’tgan «Korrupsiya va Jamiyat» mavzusida Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida insholar tanlovida faol qatnashgan Inistitutimiz Tarix fakuliteti «Tarix o’qitish metodikasi» 1 kurs talabalari Eshnazarov Tohir hamda shu kurs talabasi Napasova Mohiralar 20-noyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya Vazirligida insho tanlovi natijalariga ko’ra faxrli 2-3-o’rinlarni qo’lga kiritib esdalik sifatida Adliya Vazirligi tamonidan diplom va qimmatbaho sovg’alari topshirildi, hamda O’zbekiston Respublikasi bosqichiga yo’llanma oldilar. Insholar tanlovida erishgan yutuqlari uchun Institut Tarix fakuliteti «Tarix o’qitish metodikasi» 1-kurs talabalari Eshnazarov Tohir hamda Napasova Mohiralarni Inistitut rahbariyati, barcha professor-o’qituvchilari va talaba yoshlari nomidan tabriklab qolamiz.


Tarix fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari:
Reimov Dadaxon