“Zulfiyani eslab…” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkillashtirildi

Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar qoʻmitasi qoshida tashkil qilingan “Qizlarjon” ilmiy-adabiy to‘garak rahbari va a’zolari, fakultet talaba-yoshlari institut faollar zalida Zulfiyani eslab…” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkillashtirdi.

 

Har yili 1-mart sanasi atoqli O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludi munosabati bilan koʻpgina ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy kechalar keng nishonlanadi. Ma’lumki, adibaning porloq xotirasi vatandoshlarimiz qalbida abadiy saqlanib qolgan. U kishining oltindan qimmat bo‘lgan she’rlari, kelajak avlodlarga qoldirgan boy adabiy merosi asrlar davomida adabiyotimiz xazinasidan joy oldi. Shoirani xotirlab respublikamizda ko‘plab ommaviy tadbirlar, adabiy-badiiy kechalar uyushtirilmoqda.

 

Shu ma’noda, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti “Qizlarjon” ilmiy-adabiy to‘garak rahbari, Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filol.f.d. (PhD) Feruza Sapayeva Zulfiyaxonimning 106 yilligi munosabati bilan Zulfiyani eslab…” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkillashtirdi.

 

Tadbirda koʻpmillatli mazkur fakultetning 1-, 2-, 3- kurs talabalari o‘z iste’dodlarini namoyish qilib faol ishtirok etishdi.

 

Adabiy-badiiy kechada O‘zbek tili kafedrasi dotsenti S.Jalilov, Oʻzbek adabiyoti kafedrasi dotsenti Sh.Aldashevalar ham qatnashib so‘z  oldilar.

 

Kechada Hamid Olimjon va Zulfiya hayoti tasvirlangan video-rolik va lavhalar, shoira ijodiyoti boʻyicha ma’ruza, she’r va qoʻshiqlar namoyish etildi.

 

Hali bu kabi adabiy-badiiy tadbirlar institutimiz boʻylab keng yoyilajak…