Turkiy tillar fakultetida “Qizlar guldastasi” koʻrik tanlovi va ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Institutimiz katta faollar zalida Turkiy tillar fakulteti dekanati va “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragining rahbari F.D.Sapayeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni fakultet dekani B.Davletov ochib berdi, jamoani, talabalarni tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda Turkiy tillar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Sharap Arziyev, professor-oʻqituvchilar dots.G.Patullayeva, dots.T.Keruenov, V.Haytboyevalar ham qatnashdilar.

 

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning ta’lim olish va oila qurishga tayyorgarlik, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

 

Tadbir ishtirokchilari tomonidan 4 shart boʻyicha bellashuv amalga oshirildi. Har xil mavzularda sahna koʻrinishlari, qoʻshiq va raqs, ijodkorlik namunalari namoyish etildi.

 

Tadbirda faol 6 nafar talaba 1-oʻrin Potabayeva Oʻguljemal (Fakultet malikasi, 3-kurs turkman tili va adabiyoti), 2-oʻrin Sherimbetova Sarvinoz (2-kurs oʻzbek tili va adabiyoti) va Almuratova Tumaris (2-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti), 3-oʻrin Abdullayeva Farangiz (2-kurs oʻzbek tili va adabiyoti) Tursinbekova Nilufar (3-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti), Mahambetova Biybinaz (1-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti) talabalari munosib taqdirlandilar.

 

Shundan soʻng, ushbu koʻrik-tanlovni tashkillashtiruvchi F.D.Sapayevaga, dekan muovini Sh.Arziyevga, hakamlar hay’ati raisi va a’zolariga, ishtirokchi talabalarga, tadbir ishtirokchilariga fakultet dekani ma’mnuniyatlik bildirdi.