O‘zbek tili kafedrasi professori Istanbul universitetida malaka oshirmoqda

O‘zbek tili kafedrasi professori Shaxlo Yuldasheva Turkiya Respublikasi Istanbul universitetida malaka oshirmoqda.

Uni Adabiyot fakulteti dekani muovini Dr. Prof. Sevtap Kadiogli qabul qildi va Dr. Dots. Rahila Qashg‘arli bilan birgalikda malaka oshirish davomida Adabiyot fakulteti Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar bo‘limi professor-o‘qituvchilarining o‘quv va sinov mashg‘ulotlarini kuzatish, o‘zaro tajriba almashish, shu bilan birgalikda o‘zbek tilidan saboq olayotgan doktorant, magistrantlar, talabalarga ma’ruza hamda amaliy darslar o‘tkazish, seminarlar tashkil qilish  rejalashtirib olindi.

Professor Sh.Yuldasheva Istanbul universiteti dotsenti Raxila Kashg‘arli, doktorant Ma’mura Mamatqulovalar bilan birgalikda Istanbul Tijorat universitetida O‘zbekiston yoshlari uyushmasi assotsiatsiyasi, Istanbul bosh konsulxonasi, Istanbul Tijorat universiteti, Turkiyadagi o‘zbek talabalar uyushmasi hamkorligida 2021-yil 20-noyabrda o‘tkazilgan “Til – millat iftixori” deb nomlangan tadbirga taklif qilindi. Prof. Sh.Yuldasheva tadbir taassurotlarini o‘rtoqlashdi. Turkiya universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va turk yoshlari ijrosidagi ona tili va Vatan madh etilgan she’r, qo‘shiq va raqslar, o‘zbek palovi tortilgan dasturxon ustidagi suhbatlar ko‘ngillarga zavq bag‘ishlaganini, shuningdek, Istanbul Tijorat universiteti rektori Prof. Dr. Yujel Ogurluning o‘zbek tilidagi tabrik nutqi yig‘ilganlarni juda mamnun qilganligini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul boshkonsulligi bosh kotibi Sherzod Abdunazarov konsullik va Turkiya universitetlari hamkorligida olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizda va xorijda, xususan, Turkiyada o‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor, yoshlarda ona tilimiz va Vatanga muhabbat tuyg‘usini kuchaytirishga yo‘naltirilgan faoliyat va uning natijalari haqida qimmatli ma’lumot taqdim qildi.  Prof. Sh.Yuldasheva va Karabuk universiteti, Marmara universiteti, Istanbul universiti, Istanbul Tijorat universiteti  professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashuv haqidagi qizg‘in samimiy suhbat malaka oishirsh jarayoni hamda kelajak rejalarni  belgilab olish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.