“Qizlarjon” toʻgaragi faoliyatini takomillashtirish orqali qizlarning axloqiy va estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi

Institutimizning turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi yetakchisi, “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragi rahbari F.D.Sapayeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirni fakultet dekani B.Davletov ochib berdi va yoshlarni axloqiy va estetik madaniyatga chorlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va kasb-hunarga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha gapirdi.

Tadbirda institut rektorining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Bekchanova “Yoshlarga oid davlat siyosatini belgilab beruvchi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilish” nomli, hamda  F.D.Sapayeva talaba-yoshlarga “Yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini tatbiq qilish” mavzusida ma’ruza qildi va talabalarning savollariga javob berdi.

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda fakultet tyutorlari Q.Tashanov va N.Nurjanovalar ham oʻz talabalari bilan faol qatnashdilar.

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek yoshlarni axloqiy va estetik madaniyatga chorlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va kasb-hunarga yoʻnaltirish, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

Ushbu uchrashuv-seminar talabalar tomonidan yuksak baholandi, ular ma’ruzachilarga murojaat qilib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, xususan buni ular orasidagi bahs-munozara, savol-javob, hayotiy voqelikka bogʻlash orqali tushunish, ajib disskus-suhbatga aylanib ketishini alohida e’tirof qilish mumkin.