“O‘zbekiston – xorijlik talabalar nigohida” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedogogika instituti talabalar turar joyida Turkiy tillar fakultetida tahsil olayotgan turkmanistonlik talabalar ishtirokida ochiq muloqot – davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institute rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.B.Bekchanova, Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi I.Quttimuratova, institut pedagog-tarbiyachisi R.Qudyarova, fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda TTJda istiqomat qiladigan talabalar qatnashdi.

Turkiy tillar fakultetida tahsil olayotgan turkmanistonlik talabalar to‘rt yil davomida olgan bilimlari, erishgan yutuqlarini tengdoshlariga hikoya qildilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida kechgan hayoti, pandemiya davrida boshdan kechirgan voqealar va mehridaryo insonlarning ularga qilgan beminnat yordamlari haqida hayajon bilan gapirdilar.

Davra suhbati davomida ustozlar talabalarga ta’lim -tarbiya, reproduktiv salomatlik, qizlarni oilaga tayyorlash, salbiy holatlarni oldin olish yuzasidan o‘z tajribalaridan kelib chiqib foydali maslahatlar berdilar. Shu jumladan, talaba yoshlar oʻzlarining bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanib, rejali o‘tkazish uchun institut miqyosida tashkil qilingan har xil fan va ilmiy toʻgaraklarga a’zo ekanligi, ilmiy va badiiy asarlar bilan tanishib, har xil kechalarda, uchrashuvlarda fidoyilik bilan qatnashayotganliklari haqida o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbirda oxirida xorijlik talabalar bilan savol-javoblar qilindi. Turkman va qoraqalpoq millatiga mansub kuy-qo‘shiqlar ijro qilindi.