Talaba-qizlar oʻrtasida «Rektor kubogi» gʻolibligi uchun sport musobaqasi boʻlib oʻtdi

Xotin-qizlarni sportga jalb qilish, talaba-qizlar orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning bosh vaqtini sermazmun oʻtkazish maqsadida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida qizlar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil qilindi. 

Institutning sport maydonchasida oʻtkazilgan musobaqada har bir fakultetning qizlardan iborat terma jamoalari ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan bahslarda Fizika-matematika fakulteti 3-oʻrinni, Pedagogika fakulteti 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, Jismoniy tarbiya fakulteti jamoasi 1-oʻrinni egallab, «Rektor kubogi» sovrindori boʻlishdi.

Musobaqa yakunida yuqori pogʻonalarni egallagan sportchi qizlarga medal, diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Nilufar ATABAYEVA,

Berdaq nomidagi QDU Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yoʻnalishi talabasi, NDPI amaliyotchisi.