Nukus DPIda oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali e’lon qilindi
2022-2023-oʻquv yili uchun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining alohida iqtidor talab qilinadigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali e’lon qilindi.
60111300 – Musiqa ta’limi, 60112200 – Jismoniy madaniyat (shu jumladan, xotin-qizlar sporti), shuningdek, 60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yoʻnalishlarining kunduzgi hamda sirtqi, qoraqalpoq, oʻzbek va rus guruhlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2022-yilning 1-9-avgust kunlari oraligʻida oʻtkazilishi belgilandi.
60111300 – Musiqa ta’limi yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi raqamsiz uyda joylashgan Nukus DPI bosh binosining kichik majlislar zalida (avvalgi Gidromelioratsiya kolleji) soat 08:30 dan 18:30 gacha;
60112200 – Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi №12 uyda joylashgan avvalgi Pedagogika kollejining sport maydonchasida;
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar Nukus shahri, P.Seytov koʻchasi raqamsiz uyda joylashgan Nukus DPI bosh binosida (avvalgi Gidromelioratsiya kolleji) soat 09:00 dan 10:30 gacha hamda 14:00 dan 15:30 gacha oʻtkaziladi.
Eslatma! Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etadigan abituriyentlar oʻzlari bilan birga fuqarolik pasporti yoki ИД-kartasi, abituriyent qayd varaqasini olib kelishi, shuningdek, imtihon boshlanish vaqtidan kamida 30 daqiqa (yarim soat) oldin imtihon oʻtkaziladigan joyga yetib kelishi kerak.
Nukus DPI qabul komissiyasi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvalini yuklab oling Kásiplik (dóretiwshilik) imtixanlar kestesi (2022-2023-oqıw jılı)