Turkiy tillar fakultetida “Jamiyat gultoji – ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi

Ma’lumki, 11-oktabr xalqaro qizlar kuni koʻp mamlakatlarda xalqaro qizlar kunini tantanali ravishda e’lon qilgan. Shuningdek, 15-oktabr xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida e’tirof etilgan. Ushbu sana BMT bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan boʻlib, unda qizlar haq-huquqlarini himoyalash kuni e’lon qilindi. Bugungi kunda Oʻzbekiston qishloqlarida jami 8,6 mln nafar ayollar istiqomat qilmoqda va ularning 41,3%i qishloq xo‘jaligida band. Hatto eng rivojlangan davlatlarda ham qishloq ayollari uy ishlaridan ortib dala yoki o‘z tomorqasida mehnat qiladi, aholi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga hissa qo‘shadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qizlarni bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, uzluksiz ta’limning mazmun-mohiyatini tushuntirish va kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida – Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Feruza Sapayeva tashabbusi bilan institutimiz kichik faollar zalida bayram munosabati bilan “Jamiyat gultoji – ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Sayyora Bekchanova ochib berib, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ilm-fan sohasida izlanayotgan talaba qizlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, yosh olima qizlar tajribasini ommalashtirish, ularning ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib-borishlari uchun sharoit yaratishga koʻmaklashish boʻyicha bir qancha fikr va tavsiyalar bildirdi. Va, yana talabalar bilan jonli dillashuv maqsadida qiziqarli savollar bilan murojaat qilib, xalqona uslubda ulardan javob olishga erishildi. Tashabbuskor talabalar yuksak orzu-istak va xohishlarini oʻz ijod namunalari bilan roʻyi rost talqinlanib gapirar ekan, zalni gulduros qarsaklar olib ketdi. Haqiqiy bayram shukuhi institutimiz boʻylab yoyildi…

Shundan soʻng Turkiy tillar fakulteti dekani B.Davletov soʻz olib, talabalarni bayram bilan tabrikladi, va oʻz navbatida fakultet qoshida faoliyat olib borayotgan “Qizlarjon” ilmiy-adabiy toʻgaragi a’zolariga, tashkilotchilarga va faol talabalarga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, tadbir  tashkilotchisi F.D.Sapayeva  talabalarni tabriklab, ayol-qizlarga, xususan qishloq  ayollariga – onalarga bo‘lgan cheksiz hurmat, e’tibor, oila va oilaviy munosabatlar xususida, oila tarbiyasi haqida allomalarning falsafiy qarashlaridan namunalar keltirib, fakultetda tahsil olayotgan koʻpmillatli qizlarning yutuqlari haqida ham gapirib oʻtar ekan, bugungi tadbirning faol qatnashuvchilari va fakultet tyutori Hamida Xudaybergenova faoliyatiga ijobiy fikrlarini alohida ta’kidladi.

Shundan soʻng, Turkiy tillar fakultetida tahsil olayotgan talabalar, oʻz ona tillarida, xususan: oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman tillarida baxtiyor yurtda ta’lim olayotganidan faxrlanib oʻzlarining fikr-mulohazalari, she’rlari, oliy maqsadlari yoʻlidagi tashabbuslari haqida toʻlqinlanib gapirdilar. Jonli ijroda kuylab olqishlarga sazovor boʻldilar. “Qishloq ayolining bir kuni”, “Soʻnggi pushaymon” nomi bilan sahnaviy koʻrinishlar uyishtirdilar.

Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlari, oilada ayol-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining kelib chiqish sabablari, himoya orderlari, yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning oldini olish boʻyicha taklif va tafsiyalar, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.

Ushbu uchrashuv-davra suhbati institutimiz talabalari tomonidan yuksak baholandi. Faollar institutimiz rektori nomidan diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.