Nukus DPI delegatsiyasi xalqaro sammitda ishtirok etadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori B.Otemuratov rahbarligidagi delegatsiya shu yilning 14-16-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Qozon federal universitetida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan «Uchinchi Qozon xalqaro tilshunoslik sammiti»da (KILS-2022) ishtirok etadi.

Sammit doirasida dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan tashrif buyuradigan zamonaviy tilshunoslikning ilgʻor vakillari hamda yetakchi olimlari, shuningdek, Rossiyaning ellikga yaqin shaharlaridan keladigan olimlar ishtirokida tilshunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Institut delegatsiyasi xalqaro sammitda rektor B.Otemuratov, Pedagogika fakulteti dekani Sh.Saparov hamda Chet tillari fakulteti talabalaridan iborat tarkibda ishtirok etadi.