Turkiy tillar fakultetida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra “25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb eʼlon qilingan. 2014-yilda esa BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Bu borada institutimizda ham so‘nggi yillarda an’anaviy tarzda ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillashtirilib kelinmoqda.
2022-yilning 17-noyabr sanasida institutimizning Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.D.Sapayeva tomonidan sana munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkillashtirildi.
Tadbiroldi, kutilmaganda, Institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov faollar zaliga tashrif buyurdi. Talabalarga “Bugun qanday kun?” deya o‘z murojaati bilan boshlagan samimiy tabrik so‘ziga javob o‘rniga talabalar tomonidan olqishlar – butun institutimizni olib ketdi… Yig‘ilganlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni va 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i haqida”gi Qonunning qabul qilingan kuni ekanligini alohida ta’kidlab, iliq tilaklar bilan tabrikladi va o‘tkazilayotgan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” tadbiri tashkilotchisi Turkiy tillar fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.D.Sapayevaga minnatdorchilik bildirdi.
Mazkur tadbirni institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi S.B.Bekchanova ochib berib, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, ilm-fan sohasida izlanayotgan talaba qizlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, yosh olima qizlar tajribasini ommalashtirish, ularning ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib-borishlari uchun sharoit yaratishga koʻmaklashish boʻyicha bir qancha fikr va tavsiyalar bildirdi. Va talabalarni tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi reabilitatsiya markazi psixologi Roza Amanova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat havfsizlik xizmati huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Hurzada Reyimqulova, NukusDPI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika katta inspektori, leytenant Miyrigul Narimbetova, NukusDPI psixologi Guljamal Toreniyazova, Turkiy tillar fakulteti O‘zbek adabiyoti dotsenti Nodira Allambergenova, fakultet tyutorlari Hamida Xudaybergenova, Gozzal Xojamuratova va fakultet talabalari faol qatnashdilar.
Tadbirda ko‘pmillatli mazkur fakultetning 1-, 2- kurs (o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi, qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi, qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi, turkman tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari) talabalari o‘z iste’dodlarini namoyish qilib faol ishtirok etishdi.
Fakultet talabalari bir oy oldin e’lon qilingan uch yo‘nalishdagi (mavzu bo‘yicha rasmlar tanlovi, roliklar tanlovi, esselar tanlovi) tanlovda faol ishtirok etib, o‘z iste’dodlarini namoyish qildilar.
Esselar tanlovida: 1-o‘rin – Qadamboyeva Mahliyo (1-kurs o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi), 2-o‘rin – Kenesbaeva Shaxzada (1-kurs qoraqalpoq tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi), 3-oʻrin – Gayupova Laylo (1-kurs turkman tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi) Institutimiz rektori faxriy yorliqlari bilan munosib taqdirlandilar.
Rasmlar tanlovida: 1-o‘rin – Pardabayeva Adiba (1-kurs o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi), 2-o‘rin – Bekchanova Zumrad (1-kurs o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi), 3-o‘rin – Janabayeva Nilufar (1- kurs o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi) Institutimiz rektori faxriy yorliqlari bilan munosib taqdirlandilar.
Mavzu yuzasidan ishlangan roliklar tanlovida: 1-o‘rin – Hamkorlikda: M.Zaripova, Sh.Allabergenova, N.Mavlonberdiyeva (1-kurs o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari), 2-o‘rin – Rajapova Lola (1-kurs o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi), 3-o‘rin – Bobojonova Lobar (1- kurs o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabasi) Institutimiz rektori faxriy yorliqlari bilan munosib taqdirlandilar.
Mazkur tadbirni tashkil qilishdan maqsadimiz: talaba-yoshlarning hozirgi kunda Respublikamizda xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, ularning ahamiyati, xotin-qizlar uchun berilayotgan imtiyozlar, ta’lim olish va oila qurishga, hayot va turmush sinovlariga tayyorgarlik, shuningdek gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlari, oilada ayol-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashining kelib chiqish sabablari, himoya orderlari, yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, ularning oldini olish bo‘yicha taklif va tafsiyalar, xususan yoshlarni har tomonlama ma’naviy savodxonligini oshirish, qolaversa, insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini anglashga undash hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
Ushbu “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri, uchrashuv-seminar talabalar tomonidan yuksak baholandi, ular ma’ruzachilarga murojaat qilib o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
