“Qizlar tarbiyasi: huquqiy savodxonlik” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar kengashi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, shuningdek, QR IIV tegishli soha mutaxassislari tomonidan institut talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlarning yashash shart-sharoitlari o‘rganilib, xonalarining tozaligi, ular bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi masalalari mehmonlarning asosiy diqqat markazida bo‘ldi. Shu bilan birga, “Qizlar tarbiyasi: huquqiy savodxonlik” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati tarzida tashkil qilingan ochiq muloqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G.P.Xalmuratova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV jamoat xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik H.Reymkulova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bosh mutaxassisi B.Yaxshimuratova, institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.B.Bekchanova, TTJ mudirasi, tarbiyachi va talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Soha mutaxassislari talaba-qizlarga bugungi kunda mamlakatimizda ayol-qizlarga, ayniqsa oliy o‘quv yurtlarida o‘qib, ta’lim olayotgan qizlar uchun yaratilib berilgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida hayotiy misollar bilan tushuntirib berdilar.
QR IIV boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari H.Reymkulova so‘nggi vaqtlarda ayol-qizlar orasida yuz berayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldin olish, bo‘yicha talaba-qizlarga foydali maslahatlarini berib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

Suhbat davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari G.P.Xalmuratova institut talaba-qizlar o‘rtasida kiyinish va muomala madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy sohadagi faoliyatlarini yanada jonlantirish, faolligini oshirish bo‘yicha hamda TTJ da yashovchi talabalarning axloq-odobi, ichki tartib qoidalarga rioya qilishlarida xotin-qizlar kengashi faoliyati va tyutorlarning o‘rni haqidagi talab va istaklari o‘rganildi va bular yuzasidan qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.
