Turkiy tillar fakulteti talaba-qizlari orasida onlayn «Zakovat» intellektual oʻyini tashkillashtirildi

Mazkur onlayn «Zakovat» intellektual oʻyini talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi yetakchisi F.D.Sapayeva e’lon qildi va oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman millatiga mansub talaba-qizlarni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga da’vat qildi. Savollar toʻplami talabalarni mantiqiy oʻylash, tafakkur va ijod qilishlariga yoʻnaltirildi.

«Zakovat» intellektual oʻyini joriy 2023-yilning 17-yanvar kuni Telegram messenjerida 1- va 2-kurslar orasida guruhlar kesimida 2 bosqichdan iborat shaklda tashkillashtirildi. Ijtimoiy tarmoqda «Zakovat» nomli guruh ochilib, ovozli chat orqali juda ta’sirli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi.                

“Kosmos” jamoasi a‘zolari (dan): Zaripova Muxlisa, Maqsudbayeva Nigora, Pardabayeva Adiba, Ismailova Nilufar;

“Innavoator” jamoasi a‘zolari(dan): Karjouva Zuhra, Sharipboyeva Iqbol, Saburova Umida, Sobirova Durdona, Kabulova Ulbo‘sin;

“Gorkiy” jamoasi a’zolari(dan): Usanova Qademay, Shamuratova Sunajon, Bazarbayeva Gavhar, Nurmetova Dilfuzalar faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirning maqsadi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi: adabiyot, musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqtirishni oshirishga, iste’dodni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.