Talaba-qizlar ishtirokida onlayn koʻrik tanlovlar tashkillashtirildi

Turkiy tillar fakulteti talaba-qizlari orasida “Qishki ta’tilda mening bir kunim” (plakatlar tanlovi), “Institutim va ustozlarim bilan faxrlanaman” (videoroliklar tanlovi), “Men mutolaa qilgan kitob” (esselar tanlovi) mavzularida onlayn koʻrik tanlovlar tashkillashtirildi.

“Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida madaniyat va ma’rifat, doʻstlik va millat gʻururi, qardoshlik va millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilayotgan e’tiborga munosib tarzda Turkiy tillar fakultetining toʻrt millatga mansub talaba-qizlari orasida  “Qishki ta’tilda mening bir kunim” (plakatlar tanlovi), “Institutim va ustozlarim bilan faxrlanaman” (videoroliklar tanlovi), “Men mutolaa qilgan kitob” (esselar tanlovi) mavzularida onlayn koʻrik tanlovlar va Zakovat intellektual oʻyini (joriy 2023-yilning 9-yanvardan – 17-yanvargacha) onlayn-tanlov tashkillashtirildi.

Mazkur onlayn-tanlovni talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi yetakchisi F.D.Sapayeva e’lon qildi va oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman millatiga oid talaba-qizlardan kelgan rasm va videoroliklarni ijobiy baholadi.

Quyidagilar – fakultetimizning eng faol, eng zukko, eng chaqqon, talaba qizlari deb topildi:

“Qishki ta’tilda mening bir kunim” plakatlar tanlovida:

1-kurs talabasi Izbasarova Aziza, 1-kurs talabasi Bekchanova Zumrad, 2-kurs talabasi Nurgaldiyeva Beki, 2-kurs talabasi Ahmedova Pokizalar qalam-tasvir bilan chizgan rasmlari barchasi “Eng chiroyli rasmlar” deb baholandi.

“Institutim va ustozlarim bilan faxrlanaman” videoroliklar tanlovida:

1d-kurs oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili talabasi Zumrad Bekchanova (“Eng namunali videorolik” egasi), 2d-kurs oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili talabasi Farangiz Baxtiyorova (“Eng yaxshi videorolik” egasi) deb topilib, U.Tursinbaeva (qoraqalpoq tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi), Z.Kutlimametova (turkman tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi), A.Jumabekova (qozoq tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yoʻnalishi) talabalari ham faol qatnashib, oʻz iste’dodini namoyish qildilar.

“Men mutolaa qilgan kitob” (esselar tanlovi)da:

4v-guruh talabasi Aytbayeva Gulmira va 2-kurs talabasi Ahmedova Pokiza (“Eng namunali esse yozgan talaba”), 1e-guruh talabasi Hayatxan Palvanniyazova (“Eng yaxshi esse yozgan talaba”), 1e-guruh talabasi Usanova Qademay (“Eng faol esse yozgan talaba”)  va 1a-guruh talabasi Zaripova Muxlisa (“Eng chiroyli qoʻlyozma esse egasi”) deb topildilar.

Mazkur tadbirning maqsadi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi: adabiyot, musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqtirishni oshirishga, iste’dodni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2 -bosqich   talabasi  Ahmedova Pokizaning tayyorlagan plakat rasmi

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti Turkman tili va adabiyoti yo‘nalishi 2 -bosqich   talabasi Nurgaldiyeva Bekining  tayyorlagan plakati rasmi

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich   talabasi  Bekchanova Zumradningning    tayyorlagan plakati rasmi

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar fakulteti O‘zga tilli guruhlarda   oʻzbek  tili yo‘nalishi 1-bosqich   talabasi Izbosarova Azizaning   tayyorlagan plakati rasmi