Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi

Talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi G.Xudayberdiyeva, Turin politexnika universiteti Xotin-qizlar kengashi raisi F.Nabixanovalardan iborat Respublika ishchi guruhi Nukus davlat pedagogika institutiga keldi.

Ishchi guruhning maqsadi ta’lim muassasalarida va talabalar turar joyidagi talaba-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlarni o‘rganishdan iborat.

Dastlab ishchi guruh vakillari ishtirokida kichik majlislar zalida “Jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni. Gender tenglik va zo‘ravonlik. Oila, nikoh masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Shuningdek, institut bo‘ylab xotin-qizlarning ilm olishlari, sport bilan shug‘ullanishlari va hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, talabalar turar joylariga kirib, u yerdagi qulayliklar, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etilib, ayrim muammolar yuzasidan takliflar berildi.