Nukus davlat pedagogika institutidan rasmiy munosabat

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti «Facebook» ijtimoiy tarmogʻidagi «Xalq nazorati» sahifasida institut professor-oʻqituvchilari nomidan yoʻllangan murojaatni oʻrganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Murojaatda ta’kidlanganidek, budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini yurituvchi «UzASBO» dasturiy majmuasida texnik nosozliklar yuzaga kelganligi sababli professor-oʻqituvchilarning mehnat ta’tili pullarining oʻz vaqtida toʻlanishida kechikishlar yuzaga keldi.
Mazkur holatlardan kelib chiqib, hozirgi vaqtda barcha nosozliklar hamda kamchiliklarni bartaraf qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu ishlar toʻliq yakunlanishi bilan institut professor-oʻqituvchilarining mehnat ta’tili pullari shu yilning 24-iyul – dushanba kunidan kechiktirmasdan toʻliq toʻlab berilishini ma’lum qilamiz.
Nukus DPI matbuot xizmati.